PFL hamda Championat.asia aprel oyining eng chiroyli golini aniqlash uchun so`rovnoma boshlanganini e`lon qiladi.
Aprel oyining eng chiroyli goliga jami 9 ta aniq zarba da`vogarlik qiladi:
5-tur: Shahzod Shaymanov. “Metallurg” — “So`g`diyona” 2:0
5-tur: Salamat Qutiboev. “Buxoro” — “Paxtakor” 1:0
6-tur: Izzat Abdullaev. “So`g`diyona” — “Navbahor” 3:2
6-tur: Sardor Sobirxo`jaev. “Bunyodkor” — “Metallurg” 3:1
7-tur: Bahodir Nasimov. “Buxoro” — AGMK 4:2
7-tur: Arslonmurod Omonov. “Buxoro” — AGMK 4:2
9-tur: Zabihillo O`rinboev. “Metallurg” — “Buxoro” 2:1
9-tur: Artur Gevorkyan. “Qizilqum” — AGMK 3:0
9-tur: Elguja Grigalashvili. “Qizilqum” — AGMK
Mart oyi yakunlariga ko`ra “Navbahor” a`zosi Azizbek Turg`unboevning AGMK darvozasiga urgan goli eng chiroyli deb topilgandi. Bu safar da`vogarlar orasida AGMK darvozasiga urilgan yana 4 ta gol bor.
Eng chiroyli gollarni ko`rish uchun quyidagi havolaga kirish mumkin.
Eslatma. Aprel oyining eng yaxshilariga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda sardorlari ovoz beradi. Shuningdek, Championat.asia nashri muxlislar o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Murabbiy va sardorlar ovoziga ko`ra eng yaxshilarga 1—3 ochko beriladi. Muxlislarning ovozi esa o`rniga qarab 2—6 ochkoga o`tadi.