Superliga 10-turida muxlislar tashrifi bo`yicha rekord natija

Futbol bo`yicha Superliga bahslari turdan turga ancha qiziqarli o`tmoqda. Deyarli har bir turda qiziq va shiddatli uchrashuvlar guvohiga aylanmoqdamiz. O`yinlarning shiddatli o`tishiga esa, jamoalarni stadionga kelib qo`llab-quvvatlayotgan minglab muxlislarni ham e`tirof etish mumkin.

Chempionat startidan boshlab, deyarli har turda stadionlarga muxlislar oqimi ko`paymoqda. Birinchi navbatda, o`yinlarning shiddatli kechayotgani va ular uchun deyarli hamma stadionlarda yaratilayotgan qulayliklar ham bunga sababdir.

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Pepsi kabi yirik brend bilan shartnoma imzolagani, shuningdek, stadionlarda tashkil etilgan bir qator qulayliklar muxlislar uchun katta bayram ekanini ta`kidlash lozim. Turli ko`ngilochar xududlar, egulik do`konlari – bularning barchasi muxlislar uchun, albatta. Bu loyiha va islohotlarning barchasi avvalo, stadionga kimnidir jalb etish maqsadida emas, balki, birinchi navbatda klub infratuzilmasini professional klublar saviyasida bo`lishini ta`minlash, evropa andozalariga mos ravishda ularni rivojlantirish maqsadida qilindi deyish mumkin.

Rekord

Superliganing ushbu turida stadionlarga tashrif buyurish bo`yicha rekord natija kuzatildi. Bungacha rekord, Superliganing 3-turiga tegishli edi va unda jami 85 209 nafar tomoshabin kelgan edi. Superliganing 10-turida esa, bu ko`rsatkich 88 564 nafar muxlisni tashkil etdi va bu mavsum rekordi hisoblanadi.

Ta`kidlash lozim, chempionatning 10-turiga kelib stadionlarda uchrashuvlarni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan muxlislar soni jami 651 453 nafarni tashkil etdi va bu avvalgi mavsum bilan solishtirganda deyarli 2.5 barobar ko`proq natija hisoblanadi. Avvalgi mavsum Oliy Ligada 12ta emas, balki 16ta klub ishtirok etgani va uchrashuvlar soni ko`proq bo`lganini hisobga olsak, bu ancha ijobiy natijadir.

mib
uzcard
cola
apex
bmb