Pepsi Superliga: “Bunyodkor” bu turda eng ko`p tomoshabin yig`di

 

 

Bugun, 4 may kuni Pepsi Superliganing kichik yubiley - 10-tur doirasidagi dastlabki ikkita o`yin o`tkazildi. Farg`onada mezbonlar “Lokomotiv” jamoasini qabul qilishdi va navbatdagi mag`lubiyatga uchrashdi. O`n mingdan ziyod tomoshabinlar sevimli futbolchilarining yutug`iga guvoh bo`lishni istashgandi, biroq “Neftchi” navbatdagi ochkolarini yo`qotishda davom etdi.

 

Ikkinchi uchrashuv “Bunyodkor” stadionida tashkillashtirildi. Muxtasham stadionga bugungacha eng ko`p tomoshabin “Bunyodkor”ning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o`yiniga tashrif buyurgandi, o`shanda ham 20 minga yaqin muxlis qayd etilgandi. Bu galgi o`yinga futbol tomosha qiluvchilarning soni esa 20 mingdan oshdi, aniqrog`i 23682 nafarni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich, birinchidan, muxlislarning futbolga qiziqishi tobora ortib borayotganligidan darak bersa, ikkinchidan, stadionga tashrif buyuruvchilar nafaqat futbol tomosha qilyapti, balki bu erda yaratilgan sharoitlardan mamnun bo`lmoqdalar. To`g`rida, stadionga kirish bepul bo`lsa, oilaviy tashrif uchun ko`ngilochar attraktsionlar ishlayotgan bo`lsa, Superliganining titul homiysi – Pepsi kompaniyasi tomonidan ishqibozlarga pepsi va turli ichimliklar bepul tarqatilayotgan bo`lsa. Jajji bolakaylarga to`plar sovg`a qilinayotgan, omadli ishqibozlar lotereya o`yinlaridan Ayfon telefonlari yutib olayotgan bo`lsa.  Kelmayotganlar armonda qolayotganligi rost...

 

 

 

 

 

10-tur

 “BUNYoDKOR” – “NASAF” - 2:1 (0:0).

4 may. Toshkent shahri. "Bunyodkor" stadioni. 23682 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Axrol Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).

 “Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akramjon Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov (Islomjon Qobilov, 88), Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevats, 75), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov, Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 73).

"Nasaf": Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov (Sherzod Temirov, 72), G`olib G`aybullaev, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobur Abduxoliqov (Dragan Cheran, 46), Igor Golban, Islom Rashidxonov (Jahongir Aliev, 61), Saydullo Raxmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov.

Gollar: J.Ibrohimov (57), X.G`iyosov (69) – Sh.Temirov (90+2).

Ogohlantirish: M.Toshmatov (90+1).

Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).

 Komissar – Ma`mur Saidqosimov.

 

 

 

“NEFTChI” – “LOKOMOTIV” - 1:4 (0:1).

4 may. Farg`ona shahri. "Istiqlol" stadioni. 10110 tomoshabin.

Hakamlar: Vladislav Tseytlin (Toshkent), Artyom Kalinin (Qarshi), Aleksandr Burov (Buxoro).

"Neftchi": Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Murodbek Bobojonov (Xurshidbek Asqaraliev, 55), Abbos Maxstaliev, Abdul Aziz Yusupov, Abror Ismoilov (Sunnat Ermatov, 46), Abdujamol Isroilov, Alisher Samatov, Avaz Agaliev, Islombek Karimov (Otabek Ahmadjonov, 90), Dostonbek Tursunov.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev (Farhod Bekmurotov, 78), Ikrom Aliboev, Sardor Mirzaev, Husniddin G`ofurov, Islom To`xtaxo`jaev (Boburbek Yo`ldoshev, 88), Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov (Diyorjon Turopov, 71), Oleg Zoteev, Igor Yelich.

Gollar: A.Maxstaliev (81, pen.) – H.G`ofurov (33), S.Rashidov (52, 66), I.Aliboev (77).

Ogohlantirishlar: A.Samatov (76), X.Asqaraliev (90+2) – I.Nesterov (90+2).

Nazoratchi – G`ayrat Karimov (Toshkent).

Komissar – Baxtiyor Namozov.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb