“METALLURG” tarbiyalanuvchilari uchun KLUB TARIXI darsi

 

 

“Moziyga qarab ish tutmoq xayrlidir”

Abdulla Qodiriy.

 

“Metallurg” PFK tarbiyalanuvchilari uchun bugun kun esda qolarli bo`ldi. Boisi ular “Metallurg” professional klubida olib borilayotgan ishlar, o`zgarishlar bilan tanishish maqsadida “Metallurg” stadioniga tashrif buyurishdi. Mamlakat Superligasida ma`danchilar shahri sharafini himoya etayotgan “Metallurg” PFK o`yinchilariga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Stadiondagi kiyinish xonasi, matbuot markazi, nufuzli mehmonlar uchun ajratilgan loja, OAV xodimlari uchun maxsus joylar, hakamlar, nazoratchi hakam, uchrashuv komissari xonalari ularda katta taassurot qoldirdi. Bo`lg`usi futbolchilar shuningdek stadion qoshida faoliyat yuritayotgan KLUB TARIXI MUZEYIga tashrif buyurishdi.

 

 

Muzeydagi eksponatlar, Kuboklar, faxriy yorliqlar, medallar, tarixiy suratlar yordamida “Metallurg” futbol klubining tashkil etishi hamda shakllanishi to`g`risida tasavvurga ega bo`lishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi og`ir yillarda Bekobod shahrida katta futbolga qanday asos solingani, professional jamoa shakllanishida kimlar hissa qo`shganligi, Bekobod futboli faxriylari borasida ma`lumotlar ularda katta qiziqish uyg`otdi.

 

O`z navbatida yangi mavsumdan e`tiboran “Metallurg” futbol klubi strukturasida, stadion ma`muriyatida olib borilayotgan o`zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar ham bo`lg`usi futbolchilarni befarq qoldirmadi. Shu o`rinda ta`kidlash kerak, “Metallurg” futbol klubi maktabi tarbiyalanuvchilari ham bosh jamoaga munosib vorislar bo`lish borasida izlanishlarni to`xtatishmayapti. Fikrimiz isboti tariqasida Qahramon Nurmatov etakchiligidagi maktabning 12 yoshli o`spirinlar jamoasi yaqinda Yangier shahrida o`tkazilgan “Baxtiyor Davlatov xotira turniri” xalqaro musobaqasida bosh sovrin bilan taqdirlanishdi. Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda qo`shni tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan jamoalar ikki guruhga bo`linga holda bahs olib borishdi va mezbonlar hamda “Metallurg” jamoalari finalga etib kelishdi. Final uchrashuvining asosiy vaqtida 1:1 hisobida durang natija qayd etilgan bo`lishsa, penaltilar seriyasida omad bekobodlik yoshlarga kulib boqishdi.

 

 

 

Tashrif jarayonida “Metallurg” maktabi tarbiyalanuvchilari klub tarixi muzeyiga ushbu sovrinni ham topshirishdi. Bu kabi tadbirlar “Metallurg” futbol klubida an`anaga aylantirilishiga kelishib olindi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb