Pepsi Superliga: 12-tur o`yinlaridan 4 tasida vaqt masalasi aniq bo`ldi

 

Pepsi Superligasining 12-turidan joy olgan 4 ta uchrashuvning boshlanish vaqtlari ma`lum bo`ldi.

 

“Sport” telekanali hamda PFL 14 may sanasiga ko`chirilgan “Nasaf” — “Neftchi” uchrashuvini 18:00 ga tayin qildi. 15 may kunidan joy olgan 3 ta bellashuv bir vaqtda — 18:00 da start oladi.

 

12-turning 22 may kuni o`tishi kerak bo`lgan 2 ta o`yini vaqti keyinroq ma`lum qilinadi. Oldindan aytilganidek, PFL bunda Ramazon taqvimidan kelib chiqishni maqsad qilgan. Rejaga ko`ra, futbol uchrashuvlarining birinchi bo`limi iftorlik vaqti kirib kelishiga yaqin yakunlanishi kerak. 

 

12-tur

 

14 may, dushanba

 

 “Nasaf” — “Neftchi”               18:00

 

15 may, seshanba

 

AGMK — “Bunyodkor”                  18:00

“Navbahor” — “Metallurg”        18:00

 “So`g`diyona” — “Paxtakor”         18:00

 

22 may, seshanba

 

“Lokomotiv” — “Qizilqum”

 

“Qo`qon-1912” — “Buxoro”

mib
uzcard
cola
apex
bmb