Pro-Liganing "A" guruhi 4-turidan keyin 8 ochko bilan 4-o`rinni egallab turgan G`uzorning “Sho`rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi. Qaror O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroqo`mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.
“Sho`rtan” hamda chernogoriyalik futbolchi Predrag Vuyovich o`rtasidagi mojaro hali yakuniga etmagan. FIFA Intizom qo`mitasi G`uzor klubiga dastlabki sanktsiyalarni qo`llash borasidagi ilk ogohlantirishni 2015 yilning 9 oktyabr kuni yuborgan. Shunga qaramay, “Sho`rtan” mazkur masala echimini topmagan.
O`zbekiston Professional futbol ligasi “Sho`rtan”ning ochkolarini 3 taga kamaytirib, endilikda uning Pro-Ligadagi ochkosi 8 emas, 5 ta ekanini ma`lum qiladi. Agar klub Vuyovich bilan bog`liq masalani belgilangan muddat ichida hal qilmasa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo`ladi.