Milliy terma jamoa o`yini sabab Superliga 12-turida o`zgarish yuzaga keldi

O`zbekiston milliy terma jamoasining 19 may kuni bo`lib o`tadigan Eronga qarshi o`yini sabab Superliga taqvimida o`zgarish yuzaga keldi.

Eron va O`zbekiston termalarining Tehronda o`tishi kerak bo`lgan xalqaro o`rtoqlik uchrashuvlari 17 may sanasiga kelishilgan bo`lib, PFL Superliga taqvimini shunga qarab moslashtirgandi. Biroq keyinchalik forslar 19 may sanasi bo`yicha kelishuv taklif qildi. Shu tariqa o`rtoqlik o`yinining o`tishi so`roq ostida qoldi. Ammo yaqinlashib kelayotgan Osiyo O`yinlari sabab terma jamoa murabbiylar shtabi Eronga qarshi uchrashuvni kerakli deb hisobladi.

 

Shundan so`ng O`FA hamda PFL masala echimini terma jamoaga nisbatan ko`proq futbolchilar berayotgan klublar bosh murabbiylari hukmiga qoldirdi. Agar ular Eronga qarshi uchrashuv hech narsa bermasligi borasida qaror chiqarsa, Tehrondagi o`yin bekor bo`lishi kerak edi. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Navbahor” murabbiylari ishtirok etgan yig`ilishda JCh chiptasini qo`lga kiritgan termaga qarshi o`yin foydali bo`lishi ta`kidlandi. Kelishuv o`z kuchida qolishi uchun murabbiylar taklif berdi — Superliganing 12-tur bellashuvlari boshqa sanaga ko`chirilishi kerak edi.

Shundan kelib chiqib, PFL 12-tur vaqtlariga o`zgartirish kiritdi. Eronga qarshi xalqaro o`rtoqlik o`yini esa o`z kuchini saqlab qoldi.

 

12-tur bellashuvlari 20 may kuni start olib, 22 may kuni yakuniga etishi kerak edi. Endilikda “Nasaf” hamda “Neftchi” klublari o`rtasidagi bellashuv 14 may — dushanba kuniga ko`chdi. AGMK — “Bunyodkor”, “Navbahor” — Metallurg”, “So`g`diyona” — “Paxtakor” uchrashuvlari esa 15 may sanasiga tayin qilindi. Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan O`zbekiston klublarining xalqaro maydondan chetda qolgani aynan shu kunlarda bo`shliq hosil qilayotgandi.

 

Milliy terma jamoa Eronga 17 may kuni yo`l oladi hamda 20 may sanasida qaytib keladi. Terma jamoa lageriga nisbatan kamroq futbolchisini jo`natayotgan “Qo`qon-1912” hamda “Lokomotiv” klublari ishtirokidagi 2 ta o`yin 22 may — seshanba kuni bo`lib o`tadi.

 

Superliga

 

12-tur

14 may, dushanba

“Nasaf” — “Neftchi”

 

15 may, seshanba

 

AGMK — “Bunyodkor”

“Navbahor” — “Metallurg”

“So`g`diyona” — “Paxtakor”

22 may, seshanba

 

“Qo`qon-1912” — Buxoro

“Lokomotiv” — “Qizilqum”   

Keyinroq o`yinlar vaqti Ramazon taqvimidan kelib chiqib belgilanadi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb