Bugun Pepsi Superliganing 9-tur o`yinlaridan uchtasi bo`lib o`tdi. Uch uchrashuvdan ikkitasida durang qayd etildi. Faqat o`z maydonida “Buxoro”ni qabul qilgan “Metallurg” raqiblarini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Qolgan ikkita o`yinda g`olib nomi aniq bo`lmadi. E`tiborli jihati, ikkita derbida kim kuchli, degan savolga javob topilmadi. Namanganda “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o`rtasidagi vodiy derbisida 1:1 hisobi qayd etilgan bo`lsa, “Bunyodkor” stadionida kechgan “Lokomotiv” – “Paxtakor” jamolari o`rtasidagi poytaxt derbisida hatto darvozabonlar ham o`z mahoratlarini namoyish etishdi.


Mazkur uchrashuvda rasmiy mezbon hisoblangan “Lokomotiv” jamoasi 9-turga kelibgina o`n mingdan ziyod tomoshabinga ega bo`ldi – ushbu uchrashuvni bevosita stadionda kuzatish uchun 20 mingga yaqin muxlis tashrif buyurdi...
9-tur
“METALLURG” – “BUXORO” - 2:1 (0:0).

29 aprel. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni. 4717 tomoshabin.
Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent), Olim Abduvasilov (Toshkent).
"Metallurg": Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov (Zafar To`raev, 57), Zabihillo O`rinboev, Islombek Isoqjonov (Muhammad Isaev, 57), Zohid Abdullaev (Dilyorbek Ermatov, 81), Jasur Hasanov, Sherzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko
"Buxoro": Asilbek Omonov, Boburjon Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboev (Aziz Ibragimov, 60), Shavkat Salomov, San`at Shixov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov, Robbim Hasanov (Bahodir Nasimov, 64), Rahmatullo Berdimurodov (Ergash Ismoilov, 61).
Gollar: Z.Abdullaev (56), Z.O`rinboev (58) – Sh.Salomov (48).
Ogohlantirishlar: I.Isoqjonov (45). - B. Nasimov (76) R.Hasanov (37), A.Omonov (45), B.Omonov (62), Sh.Salomov (90).
Nazoratchi – Rashid Aytekov (Toshkent).
Komissar – Aleksey Frolov.
“NAVBAHOR” – “NEFTChI” - 1:1 (0:0).

29 aprel. Namangan shahri. 16600 tomoshabin.
Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy).
"Navbahor": Akbar To`raev, Oston O`runov, Dilshod Jabborov (Ayubxon No``monov, 57), Azizbek Turg`unboev, Zohir Pirimov (Sardor Sulaymonov, 57), Azamat Allaniyozov, Mirzohid G`ofurov, A`zamjon Aliev, Davron Hoshimov (Behruz Sa`dilloev, 68), Tomislav Payovich, Darko Stanoevich
"Neftchi": Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po`latov, Murod Bobojonov (Xurshidbek Asqaraliev, 53), Abbosbek Maxstaliev, Abrorbek Ismoilov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Jamshid Qobulov, 80), Alisher Samatov, Islombek Karimov (Avaz Agaliev, 90+1), Dostonbek Tursunov.
Gollar: S.Sulaymonov (84) – X.Asqaraliev (69).
Ogohlantirishlar: - Sh.Po`latov (17), I.Shoyqulov (31), A.Maxstaliev (49), V.Mirniy (78), Abdurahmon Abdulhaqov (79, barchasi “Neftchi”dan).
Nazoratchi – Sardor Najafaliev (Toshkent).
Komissar – Baxtiyor Namozov.
“LOKOMOTIV” – “PAXTAKOR” - 0:0

29 aprel. Toshkent shahri. “Bunyodkor” stadioni. 19100 tomoshabin.
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Andrey Tsapenko (Toshkent), Temur Gaynullin (Toshkent).
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev (Diyorjon Turopov, 66), Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev (Boburbek Yo`ldoshev, 83), Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov (Husniddin G`ofurov, 77), Oleg Zoteev, Igor Yelich,
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Azim Ahmedov (Rostin Griffits, 78), Dilshod Rahmatullaev, Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh, Bahrom Abdurahimov (Jasurbek Yaxshiboev, 82), Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra
Ogohlantirishlar: S.Abdullaev (48), D.Turopov (67), M.Bikmaev (81), O.Zoteev (85).
Nazoratchi – Igor Nexochin (Namangan).
Komissar – Ma`mur Saidqosimov.
