Musobaqa Reglamentiga ko`ra, maydondagi qo`pol xatti-harakati tufayli to`g`ridan-to`g`ri qizil kartochka olgan futbolchini nechta o`yindan chetlatish, kamiga ma`lum miqdorda moddiy jarimaga tortish masalalari Tartib intizom qo`mitasi qarori bilan hal etiladi. Bir o`yinda bosh hakam tomonidan ikki marotaba ogohlantirilgan va buning evaziga qizil kartochka bilan maydonni tark etgan futbolchi navbatdagi o`yinda tarkibga kiritilmaydi, bitta o`yinni o`tkazib yuboradi.
Uchrashuv sonidan qat`iy nazar, sariq kartochkalarining umumiy soni to`rtaga etganda esa futbolchi beshinchi uchrashuvda maydonga tushirilmaydi, hatto o`yin qaydnomasiga ham kiritilmaydi. Quyida anashunday o`yinchilarning ism-shariflari keltiriladi, ular Super va Yoshlar ligasining 9-turida tomoshabinlar qatoridan joy olishadi.
Demak, 4ta sariq kartochka tufayli 9-turni o`tkazib yuboradigan futbolchilar:
Yoshlar ligasi
Jahongir Ahmedov “Paxtakor”
Pepsi Superliga
Jahongir Mehmonov “Navbahor”
Javlon Ibrohimov “Bunyodkor”