Pepsi Superliga: Yakshanba kungi poytaxt derbisi ham “Bunyodkor” stadionida o`tadi

 

 

Pepsi Superliganing 9-turidan joy olgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.

 

Mazkur bellashuv 29 aprel — yakshanba kuniga tayin qilingan bo`lib, uning 20:00 da start olishi belgilab qo`yilgandi. “Lokomotiv” futbol klubi xavfsizlik masalasi hamda stadion atrofida boshlangan ta`mirlash ishlaridan kelib chiqib, uchrashuvni “Bunyodkor” stadioniga ko`chirishni so`rab, PFLga murojaat bilan chiqdi. “Sport” telekanali bilan rejalashtirilgan o`yin vaqti esa o`zgarmadi. Shuningdek, 9-turning yakshanba kuni o`tishi kerak bo`lgan yana 2 ta uchrashuvida ham vaqt masalasi o`zgarishsiz qoldi:

 

“Metallurg” - “Buxoro 16:00

“Navbahor” - “Neftchi” 18:00

 

Toshkent derbisining “Bunyodkor” stadionida o`tishi muxlislarga ham qo`shimcha qulayliklar yaratishi mumkin. 8-turdan o`rin olgan “Bunyodkor” — “Lokomotiv” o`yiniga 15 mingdan ziyod futbol muxlisi tashrif buyurdi. “Temiryo`lchilar”ning “Paxtakor”ga qarshi o`yinida ham muxlislar tashrifi yuqori bo`lishi kutilmoqda.

 

 

Madaniy xordiq chiqarish istagida bo`lgan yurtdoshlarimiz yilning eng yaxshi o`yinlaridan birini dam olish kuni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilishlari mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb