Pepsi Superliganing 8-tur o`yinlari nihoyasiga etdi. Uchinchi kundagi o`yinlar ham qiziqarli va shiddatli kechishi oldindan ma`lum edi, shunday bo`ldi ham. 7 tur yakuniga ko`ra “Nasaf” jamoasi eng ko`p durang qayd etgan jamoa bo`lib turgandi, 8-turda Olmaliqda mehmon bo`lgan qarshiliklar AGMK maydonida ham durangga erishdi va bu boradagi ko`rsatkichini yanada yaxshilab oldi.
“Bunyodkor” stadioni harqachongidanda tomoshabinlar sonini ko`paytirdi. Stadion tashqarisida tashrif buyuruvchilarning ko`ngliga yoquvchi vositalar – turli attraktsionlar, engil oziq-ovqat, ichimliklar savdosi ishlayotgan, keluvchilarning madaniy dam olishlariga yanada ko`proq xizmat qilayotgan bo`lsa, ichkarisida chinakam derbi ketayotgandi. Hisobni birinchi bo`lib maydon egalari ochib berishdi. Bu bilan go`yoki g`alaba naqd edi. Biroq voqealar rivoji mehmonlar uchun ishladi – mezbonlar darvozasi tomon ikki bor penalti belgilandi va har ikkalasini ham Marat Bikmaev qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi.
Ushbu turda eng ko`p tomoshabin “Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvida kuzatildi – 20 mingdan ziyod muxlis keldi, bu borada “ikkinchi o`rin” aynan “Bunyodkor”ga nasib etdi. “Qaldirg`ochlar”ning “sherlar”ga qarshi “olishishini” tomosha qilish uchun 20 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurdi...
8-TUR
AGMK – “NASAF” - 0:0
25 aprel. Olmaliq shahri. AGMK stadioni. 8745 tomoshabin.
Hakamlar: Temur To`xtasinov (Andijon), Anvarjon Marajabov (Andijon), Ziyodulla Abdurahmonov (Andijon).
AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Dilshod Jo`raev, Muzaffarjon Muzaffarov (Kamoliddin Murzoev, 90), Zafar Polvonov (Vadim Chemirtan, 75), Shoxnazar Norbekov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov.
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, G`olib G`aybullaev, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduxoliqov (Bobir Davlatov, 82), Igor Golban, Islom Rashidxonov (Jahongir Aliev, 74), Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov (Sherzod Temirov, 87), Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: A.Xojiakbarov (87) - J.Hasanov (50).
Nazoratchi – Dmitriy Roman (Toshkent).
Komissar – Aleksey Frolov.

“BUNYoDKOR” – “LOKOMOTIV” - 1:2 (0:0).
25 aprel. Toshkent shahri. “Bunyodkor” stadioni. 19492 tomoshabin.
Hakamlar: Axrol Risqullaev (Toshkent), Radik Serazetdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent).
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov (Farruh Ikromov, 75), Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov, Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 56), Filip Raevats (Shahzodbek Nurmatov, 62)
“Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmaev (Boburbek Yo`ldoshev, 90), Sardor Mirzaev, Xusniddin G`ofurov (Sadriddin Abdullaev, 70), Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov (Diyorjon Turopov, 80), Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Igor Yelich.
Gollar: M.Toshmatov (60) – M.Bikmaev (72-pen., 86- pen.).
Ogohlantirishlar: S.Sobirxo`jaev (56), R.Ashurmatov (71), J.Ibrohimov (84), D.Umirov (90).
Nazoratchi – Baxtiyor Tog`aev (Toshkent).
Komissar – Ma`mur Saidqosimov.