Superliga: “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuviga mezbonlarning mavsumdagi eng ko`p muxlisi tashrif buyurdi

 

 

Superliga 8-turining yana ikki uchrashuvi o`tkazildi. Poytaxtdagi o`yinda “Paxtakor” “Navbahor”ni qabul qildi. Namangandan etib kelgan ming nafarga yaqin muxlislarning doimiy qo`llab-quvvatlashi natijasidan “Navbahor” o`yinni ko`tarinki ruhda o`tkazdi. Turgan gapki, maydon egalari ham bo`sh kelishmadi. Har ikkala jamoa tomonidan bir qator xavfli vaziyatlar yaratildi, biroq ulardan bor-yo`g`i bittasidan unumli foydalanish mezbonlarga nasib etdi. Jaloliddin Masharipovning chiroyli uzatmasini Tiago Bezerra golga aylantira oldi.

 

 

 

Shuni ham ta`kidlash joizki, ushbu mavsumda “Paxtakor”ga eng ko`p muxlis tashrif buyurishi aynan shu turda qayd etildi – 17465.

 

Jizzaxdagi o`yin ham shiddatliligi, keskinligi bilan poytaxtdan qolishmadi. Uchrashuvning boshidayoq Murod Xolmuhammedov penaltidan gol urib, jamoadoshlarini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo`limda mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`lishdi. Uchrashuv yakuniga sanoqli daqiqalar qolganda esa Murod Xolmuhammedov to`psiz xolatda raqibiga nisbatan ataylab qo`pollik qildi. Bosh hakam yordamchilari bilan maslahatlashgan holda futbolchiga qizil kartochka ko`rsatib yubordi. Uning qaroridan norozi bo`lgan qo`qonliklar bosh murabbiyi No``mon Hasanov qanot hakamiga nisbatan qo`pollik qildi, bu ham etmagandek, bosh hakamga ham “bisotidagi” e`tirozlarini to`kib-sochdi. Natijada bosh hakam uni ham maydon tashqarisiga “kuzatib qo`ydi”.

 

 

8-tur

 

"PAXTAKOR" - "NAVBAHOR" - 1:0 (0:0)

25 aprel. Toshkent shahri. "Paxtakor" stadioni. 17465 tomoshabin.

Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), H.Shodmonov (Buxoro), A.Burov (Buxoro).

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Sherzod A`zamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Rostin Griffits, 90+2), Dilshod Rahmatullaev, Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboev, 82), Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh.

"Navbahor": Akbar To`raev, Oston O`runov (Dilshod Jabborov, 80), Aziz Turg`unboev, Zohir Pirimov (Behruz Sa`dilloev, 81), Azamat Allaniyozov (Sardor Sulaymonov, 64), Mirzohid G`ofurov, A`zam Aliev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich, Darko Stanoevich.

Gol: T.Bezerra (77).

 

 

Ogohlantirishlar: J.Masharipov (73), B.Abdurahimov (87), M.Simich (90) – T.Payovich (73), J.Mehmonov (74), D.Jabborov (81), D.Stanoevich (86).

Nazoratchi – Sulton Zaylobiddinov (Farg`ona).

Komissar – Roman Chernikov.

 

 

 

 “SO`G`DIYoNA” – “QO`QON-1912” -1:1 (0:1).

25 aprel. Jizzax shahri. “So`g`diyona” stadioni. 7942 tomoshabin.

 Hakamlar: V.Tseytlin (Toshkent), R.Fozilov (Namangan), M.Nexochin (Namangan).

 “So`g`diyona”: Dilshod Hamroev, Azamat Isroilov (Farhod Mirahmatov, 72), Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Jahongir Abdumo`minov, 41), Doniyor Hasanov (Alisher Ziyovuddinov, 74), Sardorbek Azimov, Shohruz Norxonov, Akmal Xolmurodov, Tohir Shamsiddinov, Izzat Abdullaev, Ruslan Melziddinov.

 “Qo`qon-1912”:  O`tkir Yusupov, Nosir Otaqo`ziev (Bahodir Pardaev, 65),  Javohir Siddiqov, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro`ziev, Suhrob Berdiev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Igor Taran ( Muhammadanas Hasanov,  76), Marko Milich, Milan Spremo.

Gollar: S.Azimov (57) – M.Xolmuhammedov (6-pen.).

 

 

Ogohlantirishlar: E.Oripov (5), T.Shamsiddinov (45+1), A.Ziyoviddinov (85) – S.Berdiev (22).

Chetlatish: M.Xolmuhammedov (90+3).

Nazoratchi – Radik  Serazetdinov (Toshkent).

Komissar – Erkin  Baxtiyorov.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb