Yoshlar ligasi: Jizzaxda durang qayd etildi, “Paxtakor” esa zafar quchdi

 

Bugun Yoshlar ligasining 8-tur doirasidagi yana ikkita o`yini o`tkazildi. Jizzaxda “So`g`diyona” “Qo`qon-1912” jamoasini qabul qildi. Teng kurashlar ostida o`tgan uchrashuvda hisob ham shunga yarasha bo`ldi – 0:0.

Toshkentda esa mezbonlar g`alaba qozonishdi. “Paxtakor”ning yoshlar vakillari “Navbahor” jamoasini yirik hisobda engishga muvaffaq bo`lishdi – 4:1.  

 

8-tur.

"SO`G`DIYoNA"-"QO`QON -1912" –0:0.

24 aprel. Jizzax shahri. “So`g`diyona” qarorgohi maydoni. 79 tomoshabin

Hakamlar: Shuhrat Rajabov (Buxoro), Shohruh Qayumov (Jizzax), Muzaffar Fayzullaev (Jizzax).

Ogohlantirishlar: Doniyor Adilov (44), Doston Oripov (80), Shohruh Xolmatov (81), Shaxboz Jo`rabekov (90+4) - Ramzbek Isaqov (65).

Chetlatish: Ramzbek Isaqov (77, “Qo`qon-1912”, 2-sariq).

Nazoratchi – Radik Seraziddinov (Toshkent).

 

 

“PAXTAKOR” – “NAVBAHOR” – 4:1 (2:0).

24 aprel. Toshkent shahri. JAR stadioni. 75 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov (Toshkent), Nikita Afinogenov (Toshkent), Husniddin Bahodirov (Toshkent).

Gollar: Shohruh Mahmudxo`jaev (28), Jasur Hakimov (32), Doston Ibrohimov (65), Shaxboz Jo`raev (85, o`z darv.), Humoyun Iminov (87).

Ogohlantirishlar:  Jahongir Ahmedov (11), Bobur Asqarov (55), Ibrohim Yo`ldoshev (57) – Shaxzodbek Hamidov (8), Muhammadsodiq Mamatxonov (67).

Nazoratchi – Sulton Zaylobiddinov (Farg`ona).

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb