Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi futbol assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda akkreditatsiya tizimini yangilashga bag`ishlangan majlisi bo`lib o`tdi.
Ushbu majlisda akkreditatsiya tizimini rivojlantirish, OFK mamlakatlari musobaqalar tizimini yaxshilash va OFK mamlakatlari musobaqalari uchun yagona akkreditatsiya tizimi joriy etish kabi masalalar ko`rildi. Ta`kidlash lozim, ushbu majlisda O`zPFL matbuot xizmati vakili Sherzod Rajabov ishtirok etdi va majlis ishtirokchilariga futbol bo`yicha O`zbekiston Chempionati bahslarida bu tizim qanday ishlayotgani va akkreditatsiyalash masalasi bo`yicha yangi loyiha va islohotlar borasida ma`lumot berdi. O`zbekiston vakili, shuningdek, OFK bilan akkreditatsiya masalalarida O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamda O`zbekiston Professional Futbol Ligasi hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi.
O`z navbatida, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham yangi formatdagi O`zbekiston Superligasi hamda Kubogi musobaqalarini ta`rifladi va ushbu musobaqalardagi akkre ditatsiyalash tizimiga yuqori baho berdi. Qolaversa, OFK mutasaddilari bunday seminar hamda kurslarni odatiy tarzda o`tkazish va bunday seminarlarni albatta kelgusida O`zbekistonda ham o`tkazish borasida o`z taklifini aytdi.