Superliga: 10-turning boshlanish vaqtlari ma`lum bo`ldi

 

 

Superliganing 4, 5 va 6 may kunlariga belgilangan 10-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari ma`lum bo`ldi. 4 may kungi ikki o`yin – “Bunyodkor” va “Nasaf” hamda “Neftchi” – “Lokomotiv” jamoalarining uchrashuvlari bir paytda - 18:00da bo`lib o`tishi rejalashtirildi. Sababi, shu kuni 2019 yilda bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogiga qur`a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 20:10da boshlanadi. “Sport” telekanali mazkur tadbirni to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Shundan kelib chiqib, “Bunyodkor”  -  “Nasaf” o`yini 18:00da jonli efirga uzatiladi, huddi shu paytda boshlanadigan “Neftchi” – “Lokomotiv” o`yini esa yozib olingan holda kechki dasturlarda, aniqrog`i, 21:25dan boshlab "Sport" kanalida ko`rsatiladi.

  

10-tur

4 may (juma)

 

18:00          “Bunyodkor” — “Nasaf” (jonli)

18:00          “Neftchi” — “Lokomotiv” (yozib olinadi)

 

5 may (shanba)

18:30          AGMK — “So`g`diyona”

20:30          “Qizilqum” — “Metallurg”

 

6 may (yakshanba)

18:00          “Paxtakor” — “Qo`qon-1912”

 

20:00          “Buxoro” — “Navbahor”

mib
uzcard
cola
apex
bmb