Superliganing 7-tur o`yinlari “Lokomotiv” va “So`g`diyona” jamoalarining uchrashuvi bilan yakuniga etdi. Maydon egalari ettinchi turga kelibgina o`z maydonida ilk bor g`alaba nashidasini surishdi. “Temiryo`lchilar” mavsumning birinchi turida safarda “Qizilqum”ni enganidan beri goh mag`lubiyat, gohida esa durang qayd etib kelayotgan edi. Turnir jadvalidagi o`rni ham shunga mos ravishda 9-o`rin edi. To`g`ri, jizzaxliklarni yutgani bilan sezilarli ravishda tepaga ko`tarilib qolganicha yo`q, atigi bir pog`ona yuqoriladi, xolos. Eng muhimi, futbolchilar tushkun kayfiyatdan xalos bo`lgan bo`lsalar kifoya.
Iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan “Nasaf” harchand urinmasin Qo`qonda g`alaba qozona olmadi, muhimi, engilmadi ham. Shu tariqa qarshiliklar 7-turga kelib mag`lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo`lib turibdi.
Mazkur turda eng ko`p tomoshabin Namanganda qayd etildi. “Navbahor”ning 7-turga qadar peshqadam hisoblangan “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o`yinini bevosita stadionning o`zida kuzatish uchun 21600 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Eng kam tomoshabin tashrifi esa tugaganiga sanoqli daqiqalar bo`lgan “Lokomotiv” – “So`g`diyona” uchrashuvida qayd etildi – 3148...
7-tur
"QO`QON-1912" - "NASAF" - 0:0
21 aprel. Qo`qon shahri. "Markaziy" stadion. 11056 tomoshabin.
Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy).
“Qo`qon-1912”: O`tkir Yusupov, G`iyos Komilov, Jamshid Hasanov (Muhammadanas Hasanov, 81), Javohir Siddiqov, Quvondiq Ro`ziev, Bahodir Pardaev (Nosirbek Otaqo`ziev, 71), Suhrob Berdiev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich (Milan Spremo, 87), Marko Milich.
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abdixoliqov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Islom Kenjaboev, 77), Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: M.Xolmuhammedov (48), S.Lukich (76).
Nazoratchi - Igor Nexochin (Toshkent).
Komissar - Baxtiyor Namozov.

“LOKOMOTIV” – “SO`G`DIYoNA” - 2:0 (1:0).
21 aprel. Toshkent shahri. "Lokomotiv" stadioni. 3148 tomoshabin.
Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent), Olimjon Abduvosilov (Toshkent).
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Boburbek Yo`ldoshev, Kaxi Maxaradze (Sadriddin Abdullaev, 70), Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Husniddin G`ofurov (Diyor Turopov, 77), Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov (Aziz Omonov, 86), Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Igor Yelich.
"So`g`diyona": Dilshod Hamroev, Elyor Orifov, Alisher Ziyovuddinov, Akmal Xolmurodov, Azamat Isroilov, Dilmurod Karimov (Doniyor Hasanov, 54), Sardorbek Azimov, Shohruz Norxonov, Tohirjon Shamsiddinov, Jahongir Abdumo`minov (Izzatilla Abdullaev, 68), Nurillo To`xtasinov.
Gollar: S.Rashidov (36), S.Shoahmedov (54).
Ogohlantirishlar: M.Bikmaev (20), H.G`ofurov (75).
Nazoratchi – Konstantin Smirnov (Qarshi).
Komissar – Laziz Qo`chqorov.