Superliga: Stadionlarga muxlislar tashrifi 2017 yilga nisbatan ikki marta o`sishga erishmoqda

 

Superliganing 7-tur uchrashuvlarini ko`rish uchun jami 69 282 tomoshabin tashrif buyurdi. Mazkur raqam futbol muxlislarining stadionlarga qaytishi davom etayotganidan darak beradi.

 

Ortda qolgan 7 ta tur davomida jami 42 ta uchrashuv o`tkazilgan bo`lsa, ularni jami 496 862 nafar ishqiboz stadionlardan kuzatib bordi.

 

2017 yilgi mavsumda jamoalar soni 4 taga ko`proq edi. Shundan kelib chiqib, dastlabki 7 ta turda jami 56 ta o`yin o`tkazilgan. Muxlislar soni esa jami 306 562 nafarni tashkil qilgan.

 

 

Mana shu raqamlar ham muxlislar soni borasida o`sish ko`zga tashlanayotganidan darak beradi. Oliy liganing 2017 yilgi mavsumi 7-turiga qadar muxlislarning stadionlarga o`rtacha tashrifi 5 474 nafarni tashkil qilgan bo`lsa, Superliganing ilk mavsumida bu ko`rsatkich 11 830 nafarga etdi. Ya`ni, hozircha ko`rsatkich ikki barobarga yaxshilangan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb