Superliga: Hisob o`z yo`liga, muxlislar chindan ham madaniy dam olishyapti

 

Bir necha daqiqalar oldin Superliganing 7-tur doirasidagi 2-kunning so`nggi o`yini yakunlandi. O`z maydonida “Neftchi” jamoasini qabul qilgan “Qizilqum” jamoasi uchrashuvning boshidayoq Giorgi Kvesieshvili tomonidan kiritilgan yagona gol tufayli mavsumdagi ikkinchi g`alabasini nishonladi.

 

 

Bu o`yindan ikki soat oldin start olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o`rtasidagi bahs ham keskin va shiddatligi bo`yicha boshqalardan ajralib turdi. Bu o`yinda ham kechagi “Buxoro” – AGMK kabi, maydon egalari yutqazib turib, yakunda irodalari mustahkam ekanligini isbotladilar – ikkinchi bo`limda raqiblar darvozasini ikki bor nishonga olib, g`alaba qozondilar.

 

E`tiborli jihati, har ikkala o`yinda ham mezbonlar muvaffaqiyatga erishib, muxlislarini xursand etishdi. Biroq, uchrashuvning hisobidan qat`iy nazar har ikkala shahar stadionlarida klub mutasaddilari muxlislarga shu qadar sharoit yaratib berishdiki, bunachasi o`zbek futboli tarixida hali yuz bermagandi.

 

 

Aytaylik, Namanganning “Markaziy” stadionini to`ldirib o`tirishi ko`zda tutilgan tomoshabinlarning deyarli bariga klub ramzlari tushirilgan futbolkalarni sovg`a tariqasida taqdim etdi. Bundan tashqari, stadionda muxlislarning engil tamaddi qilishlari, sport do`konidan klubga tegishli bo`lgan sport  kiyimlari, anjomlari harid qilish uchun sharoitlar yaratib berdi.   

 

 

 

 

Navoiyda esa “Yoshlik” sport majmuasi shu bugun chinakam bayram tusini oldi. Klub tashabbusi va tadbirkorlarning sa`y-harakatlari bilan stadion atrofida katta-kichik yoshdagi tomoshabinlarning madaniy dam olishlari uchun ko`ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Bularning bari kelgusida ham yanada muxlislarning stadionlarga tashrifi ortib borishi yo`lida qilinayotgan amaliy ish ekanligi ayon...

 

7-tur

 

“NAVBAHOR” – “BUNYoDKOR” - 2:1 (0:1)

20 aprel Namangan shahri. “Markaziy” stadion. 21600 tomoshabin.   

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).

 

"Navbahor": Botirali Ergashev, Oston O`runov, Ayubxon No``monov (Sardor Sulaymonov, 57), Azizbek Turg`unboev, Nenad Inyats (Behruz Sa`dilloev, 89), Mirzohid G`ofurov, A`zamjon Aliev, Davronbek Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Zohir Pirimov, 46), Darko Stanoevich.

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov (Islom Qobilov, 41), Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevats, 78), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 64),

Gollar: N.Inyats (58), J.Mehmonov (90+4) - R.Ashurmatov (13).  

 

 

Ogohlantirishlar: O.O`runov (48), N.Inyats (59), M.G`ofurov (63), J.Mehmonov (79) - A.Komilov (33),  M.Sulaymonov (70), F.Rayevats (90+4), A.G`ofurov (o`yindan so`ng). 

 

 

Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).

Komissar –  Ma`mur Saidqosimov.

 

 

QIZILQUM” – “NEFTChI” - 1:0 (1:0).

20 aprel. Navoiy shahri. “Yoshlar” sport majmuasi o`yingohi. 11450 tomoshabin.

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Andrey Snetkov (Yangiyo`l), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent vil.).

 “Qizilqum”: Evegeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Giorgi Kvesieshvili, Alisher Sanoev (Mirjalol Qosimov, 59), Doniyor Usmonov (Elguja Grigalashvili, 79), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, Sherali  Jo`raev, Andrey Sidorov (Samandar Shodmonov, 46), Nemanya Yovanovich.

 

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po`latov, Sunnatilla Ermatov, Abbosbek Maxstaliev, Abdul Aziz Yusupov (Anvar Berdiev, 78), Abrorbek Ismoilov, Avazbek O`lmasaliev, Husniddin G`ofurov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Murodbek Bobojonov, 61), Avaz Agaliev.

Gol: G.Kvesieshvili (5).

Ogohlantirishlar: M.Ubaydullaev (10), A.Sidorov (41) – A.Abdulhaqov (18), Sh.Po`latov (25), H.G`ofurov (90+2).

Nazoratchi - Oleg Dachev.

 

Komissar - Aleksey Frolov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb