Dinamo” — “Mash`al” o`yini borasida PFL bayonoti

 

Samarqandning “Dinamo” klubi 20 aprel sanasida bir emas ikkita o`yin o`tkazayotgani masalasida bir qator tushunmovchiliklar bor ekanidan kelib chiqib, Professional futbol ligasi o`z pozitsiyasini tushuntiradi.

 

20 aprel sanasiga tayin qilingan “Dinamo” — “Mash`al” uchrashuvini boshqa kunga surishni so`rab PFL Samarqand viloyati hokimiyatidan xat qabul qilib oldi, “Dinamo” futbol klubidan emas. Shunga ko`ra, PFL Samarqand viloyati hokimiyatiga rasmiy javob xati yozib, rasmiy o`yinni boshqa sanaga qoldira olmasligini tushuntirdi va o`rtoqlik uchrashuvini taqvimdan bo`sh vaqtda o`tkazishni tavsiya qildi.

 

Keyin esa “Mash`al”ga qarshi uchrashuv PFL tomonidan “Dinamo”ning so`rovidan kelib chiqib, 20:00 ga tayin qilindi. “Mash`al” futbol klubi ham bundan xabardor etildi. Shuningdek, muboraklik futbolchilar o`yinoldi mashg`ulotlari va boshqa tadbirlarni o`tkazib olishlari uchun odatga ko`ra sharoit yaratib berilishi vazifasi “Dinamo”ga yuklatildi. Unga qadar PFL komissari uchrashuvni boshlash uchun ruxsat bermagan.

 

PFL o`rtoqlik o`yinlaridan kelib chiqib, Superliga yoki Pro-Liga o`yinlari sanasini surishni rejalashtirmagan. 2018 yilgi mavsumda taqvim anchagina zich ekanidan kelib chiqilsa, birgina o`yinning surilishi holatga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatishi mumkin. Shuningdek, PFL bir kunda 2 ta uchrashuv o`tkazish futbolchilar salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin degan fikrni qo`llab-quvvatlaydi. Bu holatni “Dinamo” rahbariyati ham tushunib, har ikki uchrashuvga aralash tarkibni tashlashi borasida PFL komissariga tushuntirish bergan. Qolaversa, Pro-Liga o`yinlarida 5 nafargacha futbolchini almashtirish uchun imkoniyat taqdim etilgan.  

 

“Dinamo” musobaqalarni o`tkazish reglamentini buzmaslik choralarini ko`rib, “Xo`jand” futbol klubiga qarshi uchrashuvning har bir taymi 35 daqiqadan o`tishini rejalashtirgan.

 

 

Professional futbol ligasi va O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tojikiston bilan iliq aloqalar yo`lga qo`yilayotganini qadrlaydi. O`FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali o`rtasida yaqindagina Dushanbeda uchrashuv o`tkazilgan bo`lib, unda ikki tomon o`zaro hamkorlikda faoliyat olib borishi kelishib olgani bunga misol bo`lishi mumkin. Ammo rasmiy uchrashuvlar sanasining o`zgarmasligi maqsadga muvofiqdir. Qolgan kunlarda esa qo`shni mamlakat jamoalari bilan kelishuvlarni bemalol amalga oshirish mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb