Superliga: “Metallurg” o`z maydonida yirik hisobda engildi, “Buxoro” esa 15 mingdan ziyod muxlisini xursand etdi

 

 

Superliganing 3 kunda o`tishi belgilangan 7-tur o`yinlarini “Metallurg” va “Paxtakor” jamoalari boshlab berishdi. Salkam o`n mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurgan “Markaziy” stadionda kutilmaganda mezbonlar raqiblariga yirik hisobda yutqazib qo`yishdi. “Sherlar”ning beshta goliga maydon egalari bironta ham gol bilan javob qaytara olishmadi.

Ikkinchi uchrashuv ham qiziqarli kechganligi bor gap. Uchrashuv tugashiga yarim soat qolgan paytda olmaliqliklar mezbonlarni ikkita to`p farqi bilan ortda qoldira olayotgandi. Biroq AGMK a`zolari g`alaba u yoqda tursin, durang natijani ham saqlab qolisha olmadi. Avvaliga jamoadoshlarining gollariga hissa qo`shgan Arslonmurod Omonov uchrashuv tugashiga o`n daqiqa qolganida ikkita to`p kiritib, jamoadoshlarining muhim g`alabasini ta`minladi...

 

7-tur

"METALLURG" – "PAXTAKOR" - 0:5 

19 aprel. Bekobod shahri. “Markaziy” stadion. 8150 tomoshabin.

Hakamlar: Hasan Ro`ziev (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent), Baxtiyorxo`ja Shavkatov (Toshkent).

"Metallurg": Zafar Safaev, Shahzod Shaymanov, Islombek Isoqjonov (Abror Toshqo`ziev, 84), Jasur Hasanov, Dilyorbek Ermatov, Sherzod Fayziev, Muhammad Isaev (Andrey Shipilov, 84), Abror Xusinov, Zafar To`raev (Zohid Abdullaev, 66), Pavel Smolyachenko, Pavel Purishkin.

 

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullaev (Stanislav Andreev, 86),  Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboev, 86), Ismoil Gonsalvesh, Bahrom Abdurahimov (Jamshid Iskanderov, 79), Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra.

 

Gollar: I.Gonsalvesh (25, 74-pen.), D.Rahmatullaev (31), J.Masharipov (80), J.Yaxshiboev (89).

Ogohlantirishlar: Sherzod Fayziev (33), Dilyorbek Ermatov (48), Islombek Isoqjonov (74) - Tiago Bezerra (26), Akmal Shorahmedov (34), Eldorbek Suyunov (65).

 

Nazoratchi – Sayfiddin Ermatov (Toshkent).

Komissar – Roman Chernikov.

 

 

“BUXORO” – AGMK - 4:2 (0:1).

19 aprel.Buxoro shahri. "Buxoro" stadioni. 15525 tomoshabin.

Hakamlar: Vladislav Tseytlin (Toshkent), Andrey Tsapenko (Toshkent vil.), Temur Gaynullin (Toshkent).

 

"Buxoro": Asilbek Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Quttiboev (Anvar Jo`raev, 80), Shavkat Salomov, San`at Shixov, Bahodir Nasimov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov (Aziz Ibragimov, 55 ), Ergash Ismoilov (Javohir Qahramonov, 68), Sergey Rusetskiy.

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Zafar Polvonov, Lutfulla To`raev (Dilshod Jo`raev, 46), Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov (Shoxnazar Norbekov, 57, Kamoliddin Murzoev, 88), G`ulom Haydar G`ulomov, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Otabek Zokirov.

 

Gollar:  Asilbek Omonov (27, o`z darv.), S.Rusetskiy (59), B.Nasimov (76),  Arslonmurod Omonov (81, 88) – Y.Jokich (55-pen.).

Ogohlantirishlar: Sh.Salomov (36), Sh.Mullajonov (36), A.Omonov (55) – G`.G`ulomov (36).

Chetlatish: G`.G`ulomov (77, 2-sariq).

 

Nazoratchi – Sardor Najafaliev (Toshkent).

Komissar – Bekzod Oripov.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb