Superliga jamoalarining o`rinbosarlari o`rtasida o`tadigan Yoshlar ligasida bugun yana ikkita uchrashuv bo`lib o`tdi. E`tiborli jihati, har ikkalasida ham mehmonlar zafar quchishdi. “Neftchi” Navoiyda maydon egalarini 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, “Navbahor” yoshlari raqiblari – “Bunyodkor” jamoasini Uychi tumanidagi “Paxtakor” stadionida qabul qilishdi va kutilmaganda yirik hisobda engilishdi...
7-TUR
“QIZILQUM” – “NEFTChI” – 0:3 (0:3).
19 aprel. Navoiy shahri. “Kimyogar” stadioni. 481 tomoshabin.
Hakamlar: Nayim Qosimov (Qarshi), Amal Sultonov (Navoiy), Dasur Rustamov (Navoiy).
Gollar: Suxrob Yarashev (34-o`z larv.) - Hurshidbek Asqaraliev (23), Islombek Karimov (41-pen.).
Ogohlantirish: Islombek Vahobov (18, “Neftchi”).
Nazoratchi – Oleg Dachev (Toshkent).
“NAVBAHOR” – “BUNYoDKOR” – 2:6 (2:2).
19 aprel. Uychi shahri. “Paxtakor” stadioni. 368 tomoshabin.
Hakamlar: Baxtiyor Yulcharaev (Guliston), Islomjon Nosirov (Namangan), Maksim Nexochin (Namangan).
Gollar: Bilolxon Toshmirzaev (17), Akmaljon Turg`unov (24) – Jahongir Abdusalomov (19, 66), Mirjahon Mirahmadov (45+3, 63), Abdulxay Ismoilov (52), Abdullo Abdullaev (68).
Ogohlantirishlar: Xojiakbar Yunusov (37), Bilolxon Toshmirzaev (81) – Mirjalol Suyunov (9), Suxrob Izzatov (12), Otabek Bekboev (29), Kamron Najafaliev (88).
Chetlatish: Abdurashid Valixonov (29, qo`pol hulqi uchun) – Suxrob Izzatov (29, raqibiga nisbatan qo`pol munosabati uchun).
Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).