O`zbekiston Superligasi 9-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari belgilandi.
Bungacha o`yinlarning ish vaqtida start olmasligi holatiga e`tibor qaratilgandi. 9-tur doirasidagi uchta o`yinning yakshanba kunga belgilanganligi inobatga olinib, “Metallurg” va “Buxoro” klublari o`rtasidagi bahs 16:00 ga tayin qilindi. Boisi, mazkur tur bir kunda uchtadan o`yinni qamrab olgan. “Sport” telekanali esa yakshanba kungi bellashuvlarning barchasini jonli efirga uzatishni rejalashtirgan.
Dushanba - 30 aprel kuni esa odatga ko`ra uchrashuvlar ish vaqtidan keyin start oladi. Bunda “Qizilqum” - AGMK o`yini yozib olinib, efirga keyinroq qo`yiladi.
9-tur
29 aprel (yakshanba)
“Metallurg” - “Buxoro” 16:00
“Navbahor” - “Neftchi” 18:00
“Lokomotiv” - “Paxtakor 20:00
30 aprel (dushanba)
“Qizilqum” - AGMK 18:00
“Qo`qon-1912” - “Bunyodkor” 18:00
“Nasaf” - “So`g`diyona” 20:00