O`zbekiston Kubogi: Nimchorak finalga qur`a tashlandi

 

 

“Sport” telekanalida tashkil etilgan va to`g`ridan-to`g`ri efirga berilgan Superliganing to`rt turi yakuni bo`yicha mart oyining eng yaxshilarini aniqlash marosimidan so`ng O`zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qur`a tashlash tadbiri ham  bo`lib o`tdi.

 

 

Unga ko`ra, Superligada vakillari "Qo`qon-1912" - "Neftchi", “Bunyodkor” – “So`g`diyona”  va AGMK - "Nasaf" klublari bu bosqichda bir-biriga raqiblik qiladi. Amaldagi O`zbekiston Kubogi sohibi "Lokomotiv" jamoasi o`z maydonida Pro-liga vakili Samarqandning "Sherdor" klubini qabul qiladi...

 

 

1/8 final juftliklari:

“Qo`qon-1912” - “Neftchi”

“Dinamo” - "Qizilqum"

"Mash`al" - "Surxon"

"Lokomotiv" - "Sherdor"

"Bunyodkor" - "So`g`diyona"

AGMK - "Nasaf"

"Orol" - "Andijon"

"Iftixor" - "Paxtakor"

 

 

Nomlari birinchi ko`rsatilgan jamoalar raqiblarini o`z maydonlarida qabul qiladi. G`olib jamoalar chorak finalga yo`llanma oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb