Superliga: Mart oyining eng yaxshilari aniqlandi

 

 

 

PFL har oy yakunlariga ko`ra Superliganing eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi hamda eng chiroyli golini aniqlash va ularga maxsus sovrin topshirishni, bunda tashkilot O`zbekiston Superligasi va Kubogi bellashuvlarini translyatsiya qilayotgan “Sport” telekanali hamda Pflmanager.uz dasturi bilan musobaqaga qiziqishni oshirayotgan Championat.asia nashri bilan hamkorlikda ish olib borishini ma`lum qilgan edi.

 

Mart oyida bo`lib o`tgan Superliganing to`rt turi bo`yicha o`zini ko`rsatgan futbolchilar, murabbiylar va darvozabonlar tanlab olindi. Shuningdek, jami 24 ta o`yin orasidan eng sara gollar tanlovga qo`yildi.  Eng yaxshilarga  Superliga klublari bosh murabbiylari hamda jamoalar sardorlari o`z ovozlarini berishdi. Shuningdek, Championat.asia nashrida so`rovnoma o`tkazilib, unda muxlislar ham o`z ovozlari bilan ishtirok etishdi.

Shu tariqa mart oyining eng yaxshilari aniqlandi va ularga topshirilayotgan maxsus sovg`alar bir necha daqiqa oldin “Sport” telekanalida to`g`ridan-to`g`ri namoyish etildi. Demak,

 

Mart oyining “Eng yaxshi futbolchisi” sovrini “Navbahor” a`zosi Aziz Turg`unboevga nasib etdi. U jami 44 ochko jamg`ardi. U bu yo`lda eng yaqin ta`qibchilari hisoblangan Xurshid G`iyosov (“Bunyodkor”, 27 ochko) hamda Elguja Grigalashvili (“Qizilqum”, 20 ochko)ni ortda qoldirdi.

 

 

Mart oyining “Eng yaxshi murabbiyi” sovriniga 58 ochko to`plagan “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov sazovor bo`ldi. Bu sovringa shuningdek, Andrey Shipilov  (“Metallurg”, 29 ochko), Ilhom Mo`minjonov (“Navbahor”, 27 ochko) hamda Shota Arveladze (“Paxtakor”, 24 ochko) da`vogarlik qilishdi.

 

 

Mart oyining “Eng yaxshi darvozaboni tanlovida raqiblaridan sezilarli ravishda farq qilgan “Bunyodkor” jamoasi darvozaboni Murod Zuhurov 57 ochko bilan birinchi o`rinni egalladi.Uning eng yaqin ta`qibchilari Botirali Ergashev (“Navbahor”, 38 ochko) va Eldor Suyunov (“Paxtakor”, 19 ochko) bo`lishdi.

 

 

Va nihoyat, mart oyining “Eng chiroyli goli muallifi” sovrini oyning eng yaxshi futbolchisi Aziz Turg`unboevga (“Navbahor”) topshirildi. U tanlovda 40 ochko to`pladi. O`zining chiroyli gollari bilan g`olibga yaqinlashgan Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”) 27 ochko, Aziz G`aniev (“Nasaf”) esa 22 ochko bilan kifoyalandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb