OChL: “Lokomotiv” mag`lubiyatga uchramadi, vazifani bajarmadi ham

 

 

Osiyo Chempionlar ligasi-2018da yurtimiz sharafini himoya qilgan “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari bu yilgi turnirni ham guruh bahslaridayoq to`xtatishdi. Kecha “Nasaf” safarda to`p surib, raqibini mag`lub etgan va 10 ochko to`plagan bo`lsa-da, navbatdagi bosqichga chiqishga kamlik qilgandi. Bugun esa “Lokomotiv”dan zimmalaridagi vazifani bajarish uchun faqat g`alaba talab etilgandi. Biroq Anrey Miklyaev shogirdlari bunday mas`uliyatga dosh bera olishmadi.

Birinchi bo`limning yarmida mehmonlar hisobni ochishgandi. To uchrashuv so`nggigacha shu hisob saqlanib turdi, o`yinning asosiy vaqti tugadi hamki Islom To`xtaxo`jaev tomonidan zarb bilan tepilgan to`p rekashet holatda eronliklar darvoazasi to`riga borib tushdi. Bosh hakam qo`shib bergan 4 daqiqa ichida vakillarimiz yana nimadir qilishi, bitta to`p kiritish orqali navbatdagi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritishlari lozim edi. Ammo bunday bo`lmadi. “Lokomotiv” o`z maydonidagi so`nggi tur o`yinida mag`lubiyatga uchramadi, lekin vazifani ham bajarmadi...

 

Guruh bosqichi.  6-tur. Toshkent.

“Lokomotiv” – “Zob Ahan” (Eron) - 1:1 (0:1).

Hakamlar: Ko Hyung Jin, Yun Kvang Eol, Kim Yung Ha (barchasi Janubiy Koreyadan)

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Nivaldo (Husniddin G`ofurov, 79), Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev (Dier Turopov, 65), Igor Yelich.

"Zob Ahan": Muhammad Rashid Mazaheri, Milad Faxriddini, Sattari, Hamid Buhamdan, Xolid Shafiei, Muhammad Najadmahdi, Giorgi Gvelsesiani, Sayid Muhammad Rizo Hussayni (Xadadifar, 90), Murtazo Tabrizi (Rahmoni,  69), Muhammadzoda, Kiros

Gollar: I.To`xtaxo`jaev (90) - Tabrizi (25).

Ogohlantirishlar: O.Zoteev (21).

Komissar - Cheung Hin Chung (Gonkong)

Nazoratchi - Mohd Ali Bin Samad (Singapur).

mib
uzcard
cola
apex
bmb