18 aprel kuni O`zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qur`a tashlash marosimi jonli efirda namoyish etiladi

 

 

Kecha O`zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichi o`yinlari yakuniga etdi. Qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o`tgan uchrashuvlarda Superliganing 3ta vakili – “Metallurg”, “Navbahor” va “Buxoro” klublari Kubokni ilk bosqichdayoq tark etishdi.

 

Nimchorak finalga yo`llanma olgan 12ta jamoaga yana to`rtta jamoa qo`shiladi. Bular -  “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”.

 

1/8 finalda Superliganing 9ta va Pro-liganing 7ta klubi qatnashadi.

 

1.“Surxon” (Pro-liga)

2.“Dinamo” (Pro-liga)

3.“Sherdor” (Pro-liga)

4.“Mash`al” (Pro-liga)

5.“Andijon”(Pro-liga)

6.“Orol” (Pro-liga)

7.“Iftixor” (Pro-liga)

8.AGMK (Superliga)

9.“So`g`diyona” (Superliga)

10“Qo`qon-1912” (Superliga)

11.“Neftchi” (Superliga)

12.“Qizilqum” (Superliga)

13."Paxtakor" (Superliga)

14."Lokomotiv" (Superliga)

15."Nasaf" (Superliga)

16."Bunyodkor" (Superliga)

 

Avvaldan belgilanganidek, 1/8 final bosqichiga ham qur`a tashlanadi. Qur`a tashlash marosimi 18 aprel chorshanba kuni soat 20:00da “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

 

 

Qur`a tashlash marosimidan oldin Superliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol mualliflariga PFLning maxsus sovrinlari topshiriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb