O`zbekiston Kubogi: Superliga vakillari “Metallurg” va “Navbahor” “o`yindan tashqari holatda”

 

 

Bugun, 15 aprel kuni O`zbekiston Kubogi musobaqasining 1/16 final doirasida sakizta uchrashuv o`tkazildi. Superliganing ikki vakili – “So`g`diyona” va “Metallurg” jamoalarining o`zaro  bahsida omad maydon egalariga kulib boqdi.  O`yinning so`nggi daqiqalarida Jahongir Abdumo`minov tomonidan kiritilgan gol jizzaxliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi. Yuqori liga vakillaridan AGMK o`z maydonida “Norin”ni bitta to`p farqi bilan engan bo`lsa, “Qo`qon-1912” Zominda qiyinchilik bilan g`alaba qozondi. Uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 2:2, faqatgina qo`shimcha bo`limlarda qo`qonliklarning qo`li baland keldi.

 

 

Superliganing dastlabki turlarini omadli boshlab, muxlislarini xursand etayotgan “Navbahor” esa kutilmaganda Andijonda mezbonlarga yutqazib qo`ydi va Kubok o`yinlaridan chiqib ketdi. Shu tariqa, O`zbekiston Kubogi 1/16 final o`yinlarining bugungi bahslariga yakun yasaldi. Superliga vakillari “Metallurg” va “Navbahor” jamoalari “o`yindan tashqari holatda” qolishdi...

 

Bugungi o`yinlarda stadionlarga eng ko`p tomoshabin Andijonda qayd etildi. “Andijon” va “Navbahor” jamoalari bahsini kuzatish uchun stadionga 6100 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu borada “ikkinchi o`rin” uychiliklarga nasib etdi – “Xotira-79” va “Dinamo” jamoalari uchrashuvini 2850 nafar muxlis bevosita stadionning o`zidan kuzatishdi...  

 

 15 aprel (yakshanba)

 “ShERDOR” – “XORAZM” - 3:2 (0:0).

Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 312 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev (Namangan), Rasuljon Fozilov (Namangan), Maksim Nexochin (Namangan).

 

"Sherdor": Farhod Rahmatov, Mirjalol Lokaev, Sherbek Shukurov (Lazizjon Nuriddinov, 46), Orzumurod Ahmedov (Farzin Muxtorov, 46), Furqat Rahmonov, Abdullo Nabiev (Mirmuhsin Yusupov, 90+5), Asomiddin Mamatov (Fahriddin Alimov, 63), Bekzod Ro`zmatov, Sanjar Ahmedov (Muhammad Rajabov, 54), Saddam Boymamatov, G`olibjon Sariboev.

Xorazm”: G`ayrat O`daev, Ravshan Sultonov, Erbol Seytnazarov (Marks Quramboev, 74), Farruh  Haydarov (Bobrubek Farhodov, 69), Temur Ismoilov,  Jasurbek Ismoilov, Qadamboy Nurmetov, Timur Bekchanov  (Sarvar Jumaniyozov, 46), Siroj Ro`zmetov (Temur Mamasharopov, 90+3), Sardor Matmurotov, Mirjalol Qurbonov.

 

Gollar: F.Alimov (69, 72), G`.Sariboev (82) – Q.Nurmetov (84), S.Jumaniyozov (90+2).

Ogohlantirishlar: A.Mamatov (56) – M.Qurbonov (24).

Nazoratchi – Andrey Tambovtsev.

Komissar – Bobur Haydarov.

 

“LOKOMOTIV-BFK” – “SURXON” - 0:4 (0:1).

Toshkent. Toshkent temir yo`llari instituti maydoni. 128 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev (Toshkent), Avazbek Abdullaev (Toshkent), Baxtiyor Shavkatov (Toshkent).

"Lokomotiv-BFK": Sanjarbek Sobirov, Sardor Ismoilov (Mansurxon Po`latov, 65), Elyor Omonjonov (Hayotjon Farmonov, 79), Nuriddin Umarov (Amirbek Fayziev, 74), Saidmahmudxon G`ulomov, Timur Ergashev, Aleksandr Belyakov, Ismon Sharipov, Shohruh Nuriddinov, Hamidullo Sobirov (Islomjon Abduraimov, 68), Rustamjon Xazratqulov (Shoxjahon Tohirjonov, 81).

"Surxon": Ruslan Matniyozov, Ibrohim Abdullaev (Najmiddin Normurodov, 46), Sirojiddin Qo`ziev (Ravshanbek Xursanov, 67), Suhrob Ne`matov, Ubaydullo Xoliqulov (Alisher Mirzaev, 53), Nizomjon Norov (Dilshod Xushbaqov, 46), Farhod Tojiev,  Islom Inomov (Abbos Po`latov, 75), Ibrohim Rahimov, Sardorbek Eminov, Azizbek Usmonov.

 

Gollar: F.Tojiev (8, 65), D.Xushbaqov (61), Sardorbek Eminov (82).

Ogohlantirishlar: T.Ergashev (13), M.Po`latov, 76, ikklasi ham “Lokomotiv-BFK”dan).

Nazoratchi – Elbek Musaev (Samarqand).

Komissar – Rustam Tolipjonov.

 

“ZOMIN” – “QO`QON-1912” - 2:2 (0:0). Qo`shimcha vaqt – 0:1.

Zomin shahri. “Markaziy” stadion. 1611 tomoshabin.

Hakamlar: Isxaq Ibragimov (Nukus), Bekturam Kannazarov (Nukus), Jolgasbay Sarsenov (Nukus).

 

“Zomin”: Javohir Komilov,   Shuhrat Sadirdinov, Azamat Abdullaev,  Ubaydullo Nabiev, Sherzod Jalilov, Tursunmurod Hamdamov, Renat Muhammedshin (Eldor Karimov, 68, Shohruh Abdurahimov, 83), Lutfullo Fayzullaev (Rahmiddin Abdurasulov, 59, Durbek Kamolov, 117), Doston Toshmatov, Sardor Qahhorov,  Jonibek Ko`chimov  (Shoxjahon Abbosov, 78).

Qo`qon-1912”: Islom Abdullaev, Jamshid Hasanov (Bahodir Pardaev, 72),  Avaz Mamatxo`jaev, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro`ziev, Igor Taran, Doston Meliqo`ziev (Muslim Qurbonov, 107), Saveliy Abramov (Suhrob Berdiev, 63), Darko Gojkovich (Murod Xolmuhammedov, 105), Milan Spremo (Aleksandr Merzlyakov, 76),  Muhammadanas Hasanov.

 

Gollar: D.Toshmatov (47), L.Fayzullaev (58)  – B.Pardaev (78), I.Taran (90+3), Q.Ro`ziev (111).

Ogohlantirish: Q.Ro`ziev (28).

Nazoratchi – Sardor Najafaliev (Toshkent).

Komissar – Bekzod Oripov.

 

 “XOTIRA-79” – “DINAMO” - 0:1 (0:0)

Uychi shahri. “Paxtakor” stadioni. 2850 tomoshabin.

Hakamlar: Olim To`ychiboev (Farg`ona), Shohruh A`zamov (Farg`ona), Ravshan Kapadze (Farg`ona).

 

“Xotira”: Umidjon Yorbekov, Iskandar Siddiqjonov, Rahmonjon O`rinov, Baxtiyor Qosimov, Abdulaziz Sultonov (Soxib Abdullaev, 66), Akbarsho Rashidxonov (Sunnatillo  Rustamov, 65), Sobir Hamidov, Bobur To`raboev, Bobur Mamajonov, Yodgor Nazarov (Shuhrat Hamidov, 73), Fozilbek Dehqonov.

"Dinamo": Shohruh Eshbo`taev, Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Akmal Bozorov, Ilhom Yunusov (Mo`ydin Mamazulunov, 46), Jasur Azamov (Hakimjon Alamjonov, 116), Maradona Safarov (Jasur Qurbonov, 76), Amirjon Safarov (Azizbek Suyunov, 120+2), Zohir Qo`ziboev (Komil Sharofitdinov, 59), Viktor Grigorev.

 

Gol: A.Safarov (93).

Ogohlantirishlar: Yo.Nazarov (45+1), S.Hamidov (69), S.Abdullaev (109) – V.Grigorev (15), J.Qurbonov, 116).

Amalga oshirilmagan penalti:  A.Sultonov (39).

Nazoartchi – Andrey Klepokiv (Toshkent).

Komissar – Aleksey Frolov.

 

“MASh`AL” – “ISTIQLOL” - 1:0 (1:0).

Muborak shahri. “B.Vafoev” nomidagi stadion. 216 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Lutfullin (Toshkent), Ruslan Samandarov (Navoiy), Obidjon Jumaev (Navoiy).

 

"Mash`al": Rahimjon Davronov, Sardor Rahmonov, Sardor Abduraimov,  Mirzakamol Kamolov (Sanjarbek Zokirov, 67), Abdulloh Olimov, Vohidjon Shodiev (Shoxjahon Qilichev, 90+4),  Jamoliddin Ubaydullaev, Bobur Qosimov, Nikito Pavlenko (Jalil Asani, 61), Akrom Baxriddinov (Humoyun Murtazoev, 77),  Ixtiyor Toshpo`latov.

"Istiqlol": Eldor Isaboev, Aziz Madaliev, Iqbol Boboxonov, Abduxalil Qurbonov, Rizo Ayvazov (Anvarjon Xojimirzaev, 74), Jahongir Dadaboev (Temur Tolipov, 65), Elyor Akbarov, Rustam Abduhamidov (Davlatbek Yorbekov, 58),  Akmal Rahimzoda (Temur Sultonov, 46), Sanjarbek Asqaraliev (Sardor Telyakov, 46), Qahramon Mahammadjonov.

 

Gol: S.Rahmonov (37-pen.).

Ogohlantirishlar: A.Baxriddinov (10), S.Rahmonov (19), J.Ubaydullaev (35), R.Davronov (90+3) – S.Asqaraliev (25), R.Abduhamidov (35), A.Madaliev (85).

Nazoratchi – Rashid Aytekov (Toshkent).

Komissar – Sardor Qudratov.

 

“SO`G`DIYoNA” – “METALLURG” - 1:0 (0:0)

Jizzax shahri. “Jizzax” stadioni. 2302 tomoshabin.

Hakamlar: Jasur Muxtorov (Toshkent), Ruslan Serazetdinov (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent).

 

"So`g`diyona": Dilshod Hamroev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Doniyor Odilov, 89), Sardor Azimov, Alisher Ziyovuddinov, Jahongir Abdumo`minov, Tohirjon Shamsiddinov, Izzatilla Abdullaev (Siroj Meliev, 75), Nurillo To`xtasinov (Oybek Nurmatov, 90+1).

"Metallurg": Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloev (Pavel Purishkin, 88), Zohid Abdullaev (Zabihillo O`rinboev, 57), Jasur Hasanov, Javohir Sohibov (Shahzod Shaymanov, 77),  Dilyorbek Ermatov, Akbar Ismatullaev, Muhammad Isaev, Saidjamol Davlatjonov (Islombek Isoqjonov, 67), Zafar To`raev.

 

Gol: J.Abdumo`minov (87).

Ogohlantirishlar: A.Ziyovuddinov (27), E.Orifov (35), J.Abdumo`minov (59), D.Hamroev (90+3) – M.Isaev (33), I.Isaqjonov (84).

Nazoratchi – Artyom Arutyunov (Toshkent).

Komissar – Baxtiyor Namozov.

 

 

AGMK – “NORIN” - 1:0 (0:0).

Olmaliq shahri. AGMK stadioni. 1282 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov (Qarshi), Artem Kalinin (Qarshi), Farhod Usmonov (Qarshi).

 

AGMK: Roman Abdulov, Dilshod Jo`raev, Sanjar Risxiboev, Muzaffar Muzaffarov (Lutfulla To`raev, 59), Zafar Polvonov (Shoxnazar Norbekov, 68),  Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov (Javlon Guseynov, 74), Vladislav Kasminin, Ibrohim No``monov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Abdumalik Abdullaev (Kamoliddin Murzoev, 46), Otabek Zokirov.

"Norin": Barakatullo Isroilov, Vusal Magerramov, Ulug`bek Xudoyberdiev, Islomjon Ismoilov (Sarvarjon Xolmatov, 73), Ulug`bek Xudoyorov (Ja`far Ismoilov, 63), Bahodir Murtazoev, Fayzullo Jumanqo`ziev, Akmal Abdurahmonov (Sanjar Baratov, 61), Akbar Murodov, Farhod Namozov, Abdumalik Toshpo`latov.

 

Gol: Z.Polvonov (64).

Amalga oshirilmagan penalti: O.Zokirov (62).

Ogohlantirishlar: L.To`raev (71), X.Muxtorov (82) – A.murodov (57).

Nazoratchi – Baxtiyor Tog`aev (toshkent).

Komissar – Roman Chernikov.

 

 “ANDIJON” – “NAVBAHOR” - 1:0 (0:0)

Andijon shahri. “Sog`lom avlod” o`yingohi. 6100 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo`ja Shukurullaev (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Nikita Afinogenov (Toshkent).

"Andijon": Akmal Ortiqov, Ibrohim Otaxonov, Shahboz Jumaboev (Nodir Mavlonov, 67), Sunnatilla Mamadaliev, Ma`ruf Zokirjonov (Sunnatulla Abdullajonov, 67), Eldor Boymatov, Ildar Mamatkazin, Siroj Hamroev, Obid Hakimov, Laziz Ubaydullaev, Hoshimbek Shokirov (Davron Isoqov, 46).

"Navbahor": Akbar To`raev, Oston O`runov (Ayubxon No``monov, 36), Dilshod Jabborov, Azizbek Turg`unboev, Zohir Pirimov (Behruz Sa`dilloev, 82), Azamat Allanizov (Nenad Inyats, 54), Mirzohid G`ofurov, A`zam Aliev, Davronbek Hoshimov, Tomislav Payovich, Darko Stanoevich (Sardor Sulaymonov, 54).

 

Gol: N.Mavlonov (78).

Ogohlantirishlar: D.Isaqov (83) – A.Turg`unboev (35), D.Stanoevich (49), N.Ilats (76).

Nazoratchi – Arslon Xotamov (Toshkent).

 

Komissar – Ma`mur Saidqosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb