O`zbekiston Superligasi klublari matbuot kotiblari Rossiyaning “Krasnodar” klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o`quv seminarida ishtirok etmoqda.
Klublar matbuot kotiblari ushbu seminarda ishtirok etish uchun kecha Rossiyaning Krasnodar shahriga etib borishgan edi.

Bugun rejaga ko`ra, seminar ishtirokchilari klub akademiyasiga tashrif buyurib, bu erdagi sharoitlar, klub tizimi, klub matbuot xizmati faoliyati bilan tanishdi.

Rejaga ko`ra, bugun kunning birinchi yarmida, matbuot kotiblar Krasnodar hamda Tulaning Arsenal klublari yoshlari o`rtasidagi uchrashuvni tomosha qilishsa, kechqurun asosiy tarkiblari o`rtasidagi uchrashuvni stadiondan tomosha qilishadi va uchrashuvdagi media tadbilar qay tartibda o`tkazilishini o`rganishadi.