Superliga klublari ishtirokidagi 8-tur bellashuvlarining vaqti aniq bo`ldi va ular “Sport” telekanalining haftalik dasturiga kiritildi.
O`yinlarning barchasi ish vaqtidan so`ng start oladi. 25 apreldan boshlab esa vaqtlar yarim soatga suriladi. PFL, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Ramazon ayyomida ham vaqtlar masalasiga o`zgartirish kiritishni rejalashtirgan. Bunda ro`zador futbol muxlislarining og`iz ochish vaqti va boshqa masalalarga e`tibor qaratish ko`zda tutilgan.
8-tur
24 aprel (seshanba)
“Neftchi” – “Metallurg” 18:00
“Buxoro” – “Qizilqum” 20:00
25 aprel (chorshanba)
“Paxtakor” – “Navbahor” 18:30
“So`g`diyona” – “Qo`qon-1912” 20:30
26 aprel (payshanba)
AGMK – “Nasaf” 18:30
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 20:30