Superliga: “Neftchi” o`z stadioniga turning eng ko`p tomoshabinini yig`di, ammo yana mag`lubiyatga uchradi

 

 

“Neftchi” – “Buxoro” o`yini bilan Superliganing 6-turiga yakun yasaldi. Ushbu turda aynan “Neftchi” stadionga muxlis yig`ish borasida peshqadam bo`ldi – “Buxoro”ga qarshi o`yinda 14200 nafar ishqiboz uchrashuvni bevosita stadionning o`zida turib kuzatdi. Biroq deyarli teng kurashlar ostida o`tgan o`yinda maydon egalari yana mag`lubiyatga uchradi. Ketma-ket hujumlar uyushtirgan buxoroliklar o`yin tugashiga 5-6 daqiqa qolganida maydonga tushganiga besh daqiqa bo`lmagan Aziz Ibragimovning boshi bilan kiritgan goli evaziga muhim uch ochkolik bo`lib olishdi.

 

Tomoshabin yig`ish bo`yicha ikkinchi o`rinni egallagan “Nasaf” (13071) ko`pming sonli muxlislarini navbatdagi g`alaba bilan xursand eta oldi – amaldagi chempion “Lokomotiv”ni ochkosiz kuzatib qo`ydi.

 

 

“Paxtakor” o`z maydonidagi oson kechmagan uchrashuvda “Qizilqum”dan ustunlikka erishgan bo`lsa, AGMK Olmaliqda “Qo`qon-1912” bilan durang o`ynadi – 0:0...  

 

AGMK – “QO`QON-1912” - 0:0

12 aprel. Olmaliq o`ahri. AShMK stadioni. 8977 tomoshabin.

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Artem Kalinin (Qarshi).

 

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Shoxnazar Norbekov, Lutfulla To`raev, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, G`ulom-Haydar G`ulomov, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Vadim Chemirtan (Kamoliddin Murzoev, 87).

"Qo`qon-1912": O`tkir Yusupov, G`iyos Komilov, Jamshid Hasanov, Nosirbek Otaqo`ziev, Javohir Siddiqov (Oybek Rustamov, 55), Quvondiq Ro`ziev (Dostonbek Meliqo`ziev, 90+1), Suhrob Berdiev, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich, Marko Milich, Milan Spremo (Muhammadanas Hasanov, 57).

 

Ogohlantirishlar: Sh.Norbekov (23), V.Chemirtan (50), L.To`raev (77).

Nazoratchi – Alisher Abdullaev (Toshkent).

Komissar – Roman Chernikov.

 

 

“PAXTAKOR” – “QIZILQUM” - 2:1 (1:0).

12 aprel 2018. Toshkent. "Paxtakor" markaziy stadioni. 10241 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Olim Abduvasilov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent).

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Azim Ahmedov (Stanislav Andreev, 66), Dilshod Rahmatullaev, Jaloliddin Masharipov,  Ismoil Gonsalvesh (Jasur Hakimov, 81), Jasur Yaxshiboev (Bahrom Abdurahimov, 64), Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra,

"Qizilqum": Erkin Jabborov, Erkin Boydullaev, Georgi Kvesieshvili, Nodir Kamolov (Samandar Shodmonov, 54), Doniyor Usmonov (Akmal Rustamov, 66),Fayzullo Qambarov,  Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Mirjalol Qosimov, Nemanya Yovanovich.

 

Gollar: T.Bezerrv (34), I.Gonsalvesh (76-pen.) – N.Yovanovich (62-pen.).

Ogohlantirishlar: Sh.A`zamov (61), D.Rahmatullaev (68) – E.Jabborov (75).

 

Nazoratchi -  Radik Serazitdinov (Toshkent).

Komissar – Baxtiyor Namozov.

 

 

“NEFTChI” – “BUXORO” - 0:1 (0:0). 

12 aprel. Farg`ona shahri. "Istiqlol" stadioni. 14200 tomoshabin.

Hakamlar: Axrol Risqullaev (Toshkent), Rishad No``monov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent).

 

 “Neftchi”: Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po`latov, Jalil Kimsanov, Otabek Ahmadjonov, Abbosbek Maxstaliev (Murodbek Bobojonov, 67), Abdul Aziz Yusupov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Anvar Berdiev, 83), Avaz Agaliev, Doston Tursunov (Husniddin G`ofurov, 29).

"Buxoro": Asilbek Amanov, Marko Klisura, Salamat Quttiboev, Shavkat Salomov (Aziz Ibragimov, 80), San`at Shixov, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov (Bahodir Nasimov, 58), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov (Rahmatullo Berdimurodov, 60), Javohir Qahramonov, Sergey Rusetskiy.

 

Gol: A.Ibragimov (84).

Ogohlantirishlar: A.Maxstaliev (32) – Sh.Mullajonov (55), M.Klisura (62), S.Rusetskiy (64).

Nazoratchi – Dmitriy Roman (Toshkent).

Komissar – Ma`mur Saidqosimov.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb