Mamlakat milliy chempionati Superligasining 6-tur doirasidagi uchta o`yin o`tkazildi. Va uchalasida ham mezbonlar zafar quchishdi. Uch o`yindan ayniqsa ikkitasiga qiqziqish bo`lakcha edi – maqsad sari bir maromda odimlab borayotgan “Nasaf” amaldagi chempion, ammo joriy mavsumni ko`ngildagidek boshlay olmagan va davom etira olmayotgan “Lokomotiv”ni qabul qilishi, Jizzaxda esa besh turda atigi bittagina ochko yig`a olgan “So`g`diyona” mavsumni ko`tarinki ruhda boshlagan “Navbahor”ni qabul qilishi lozim edi. Jizzaxdagi natija ko`pchilikni xayajonlantirgani rost, sababi, 0:2 hisobida mag`lubiyatga uchrab turgan mezbonlar ikkinchi bo`limni tamomila boshqacha saviyada o`tkazdilar va armonlarini bartaraf etdilar.
Qarshida ham shunga o`xshash manzara bo`ldi. Hisobda orqada borayotgan maydon egalariga qaysidir ma`noda “temiryo`lchilar”ning o`zlari yordam berib yuborgandek bo`ldi – Islom To`xtaxo`jaev maydonni qizil kartochka bilan tark etgach, Ro`ziqul Berdiev shogirdlari ham maqsadlariga erishishdi...
“BUNYoDKOR” – “METALLURG” - 3:1 (0:0).
11 aprel. Toshkent shahri. “Bunyodkor” stadioni. 11980 tomoshabin.
Hakamlar: Olim To`ychiboev (Farg`ona), Ravshan Kapadze (Farg`ona), Shohruhbek A`zamov (Farg`ona).
"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Raevats, 79), Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov (Davronbek Umirov, 68), Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov (Farruh Ikromov, 87).
"Metallurg": Zafar Safoev, Abbosjon Otaxonov, Shahzod Shaymanov (Zohid Abdullaev, 86), Zabihillo O`rinboev, Islombek Isoqjonov (Zafar To`raev, 72), Jasur Hasanov, Sherzod Fayziev, Akbarjon Ismatullaev, Muhammad Isaev (Suhrob Nurilloev, 60), Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko.
Gollar: Sh.Nurmatov (56), S.Sobirxo`jaev (67), J.Ibrohimov (85) – Sh.Shaymanov (82-pen.).
Ogohlantirish: M.Isaev (39).
Nazoratchi – Shamil Jumaev (Qarshi).
Komissar – Sherzod Rajabov.
“SO`G`DIYoNA” – “NAVBAHOR” - 3:2 (0:2).
11 aprel. Jizzax shahri. “So`g`diyona” stadioni. 7226 tomoshabin.
Hakamlar: Viktor Serazitdinov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent vil.), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent vil.).
“So`g`diyona”: Dilshod Hamroev, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Farhod Mirahmatov (Izzatilla Abdullaev, 41), Dilmurod Karimov, Sardor Azimov, Shohruz Norxonov, Akmal Xolmurodov (Sardor Qulmatov, 76), Jahongir Abdumo`minov, Tohirjon Shamsitdinov, Nurillo To`xtasinov (Alisher Ziyovutdinov, 55)
“Navbahor”: Botirali Ergashev, Oston O`runov, Ayubxon No``monov, Azizbek Turg`unboev, Zohir Pirimov (Jahongir Mehmonov, 74), Azamat Allaniyozov (Sardor Sulaymonov, 90), Mirzohid G`ofurov, A`zam Aliev, Davron Hoshimov, Tomislav Payovich, Darko Stanoevich.
Gollar: J.Abdumo`minov (77), D.Karimov (81), I.Abdullaev (90+4) – Z.Pirimov (3), A.Turg`unboev (38).
Ogohlantirishlar: T.Payovich (13), D.Hoshimov (58).
Nazoratchi – Ibrohim Sharipov (Buxoro).
Komissar – Aleksey Frolov.
“NASAF” – “LOKOMOTIV” - 2:1
11 aprel. Qarshi shahri. “Markaziy” stadioni. 13071 tomoshabin.
Hakamlar: Igor Tantashev (Buxoro), X.Shodmonov (Buxoro), A.Burov (Buxoro).
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduxoliqov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Bobir Davlatov, 75), Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Dragan Cheran (Islom Kenjaboev, 84), Jasur Hasanov (Jahongir Aliev, 90+4), Umarbek Eshmurodov.
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Boburbek Yo`ldoshev, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev (Sardor Rashidov, 81), Husniddin G`ofurov (Azizbek Omonov, 77), Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov, Shuhrat Muhammadiev, Diyorjon Turopov (Farhod Bekmurodov, 68), Igor Yelich.
Gollar: I.Golban (64), D.Cheran (70) - D.Turopov (54).
Ogohlantirishlar: B.Abdixoliqov (31) - I.To`xtaxo`jaev (6), K.Maxaradaze (27), I.Yelich (31), D.Turopov (59), H.G`ofurov (72).
Chetlatish: I.To`xtaxo`jaev (60, 2-sariq).
Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).
Komissar – Laziz Qo`chqorov.