PFL har oyning eng yaxshilarini aniqlashda “Sport” telekanali va Championat.asia bilan hamkorlikda ishlaydi

 

 

PFL har oy yakunlariga ko`ra Superliganing eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi hamda eng chiroyli golini aniqlaydi hamda ularga maxsus sovrin topshiradi. Bunda tashkilot O`zbekiston Superligasi va Kubogi bellashuvlarini translyatsiya qilayotgan “Sport” telekanali hamda Pflmanager.uz dasturi bilan musobaqaga qiziqishni oshirayotgan Championat.asia nashri bilan hamkorlikda ish olib boradi.

 

Mart oyida Superliganing 4 ta turi ortda qoldi. Mazkur o`yinlarda o`zini ko`rsatgan futbolchilar, murabbiylar va darvozabonlar tanlab olinadi. Shuningdek, jami 24 ta o`yin orasidan eng sara gollar tanlovga qo`yiladi. G`oliblar 18 aprel kuni “Sport” telekanalidagi jonli efirda taqdirlanadi. Shu kuni O`zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qur`a tashlash marosimi ham bo`lib o`tadi.

 

Eng yaxshi bo`lishga loyiq futbolchilar PFL tomonidan tanlab olinadi. Ularga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda jamoalar sardorlari o`z ovozini beradi. Shuningdek, Championat.asia nashrida so`rovnoma o`tkazilib, unda muxlislar o`z ovozi bilan ishtirok etadi.

 

Murabbiy va futbolchilar saralab olingan nomzodlarni 3 ta o`ringa joylashtirib chiqadi. 1-o`rin egasiga 3, keyingisiga 2 va 3-o`rinda ko`rsatilgan nomzodga 1 ochko beriladi. Muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan nomzod esa 6 ochkoni qo`lga kiritadi, 2-o`rindagisi 4 va 3-o`rin sohibi 2 ochkoga ega chiqadi.

 

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:

 

Xurshid G`iyosov — “Bunyodkor” (3 ta o`yinda 2 ta gol va 1 ta golli pas)

Jaloliddin Masharipov — “Paxtakor” (4 ta o`yinda 1 ta gol va 1 ta pas)

Bobir Abdixoliqov — “Nasaf” (4t a o`yinda 2 ta gol)

Jasur Hasanov — “Nasaf” (4 ta o`yinda 3 ta golli pas)

Azizbek Turg`unboev — “Navbahor” (4 ta o`yinda 2 ta gol va 1 ta golli pas)

Suhrob Nurulloev — “Metallurg” (4 ta o`yinda 2 ta gol va 1 golli pas)

Elguja Grigalashvili — “Qizilqum” (4 ta o`yinda 3 ta gol)

 

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar:

 

Mirjalol Qosimov — “Bunyodkor” (4 ta o`yinda 3 g`alaba va 1 durang)

Shota Arveladze — “Paxtakor” (4 ta o`yinda 3 g`alaba va 1 mag`lubiyat)

Ilhom Mo`minjonov — “Navbahor” (4 ta o`yinda 2 g`alaba, 1 durang va 1 mag`lubiyat)

Andrey Shipilov — “Metallurg” (4 ta o`yinda 1 g`alaba va 3 durang)

 

Mart oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:

 

Murod Zuhurov — “Bunyodkor” (2 ta o`yin, 2 ta quruq o`yin, -0 gol, 8 seyv)

Eldor Suyunov — “Paxtakor” (4 ta o`yin, 2 ta quruq o`yin, -2 gol, 8 seyv)

Botirali Ergashev — “Navbahor” (4 ta o`yin, 2 ta quruq o`yin, -2 gol, 9 seyv)

Zafar Safoev — “Metallurg” (4 ta o`yin, 2 ta quruq o`yin, -2 gol, 6 seyv)

O`tkir Yusupov — “Qo`qon-1912” (4 ta o`yin, 2 ta quruq o`yin, -2 gol, 7 seyv)

 

Mart oyining eng chiroyli goli muallifi:

 

Ikrom Aliboev. “Qizilqum” — “Lokomotiv” (1-tur)

Azizbek Turg`unboev. AGMK — “Navbahor” (2-tur)

San`at Shixov. “Nasaf” — “Buxoro” (2-tur)

Andrey Sidorov. “Qizilqum” — “Nasaf” (3-tur)

Elguja Grigalashvili. “So`g`diyona” — “Qizilqum” (4-tur)

Aziz G`aniev. “Nasaf” — “Metallurg” (4-tur) 

Suhrob Nurulloev. “Nasaf” — “Metallurg” (4-tur)

Javlon Ibrohimov. “Bunyodkor” — “Buxoro” (4-tur)

Filip Rayevats. “Bunyodkor” — “Buxoro” (4-tur)

Jaloliddin Masharipov. “Paxtakor” — “Neftchi” (4-tur)

 

 

PFL yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda sport sohasida faoliyat olib borayotgan OAVlar tomonidan berilgan ovozlarni ham inobatga olishni rejalashtirgan

mib
uzcard
cola
apex
bmb