Pro-liga: 1-turda eng yirik natija aynan “Sho`rtan”ga tegishli bo`ldi

 

 

Superliga kabi Pro-liganing yangi mavsum ochilish marosimlari bayramona tashkillashtirildi. Kecha mamlakatimizning etti shahrida yangi mavsumning ochilish marosimlari tantanali ravishda o`tkazilgan, stadionga tashrif buyurgan muxlislar ham taassurotli voqealarning guvohiga aylanishgandi.

 

“Andijon”, “Norin” kabi klublar o`z ishqibozlariga chinakam bayram dasturlarini namoyish etishgandi. Bugun shunday voqelik G`uzorda ham davom etdi.  G`uzorliklar mavsumning ilk o`yinini ko`tarinki ruhda o`tkazishdi. Erishilgan natida buning yaqqol isboti bo`la oladi...  

 

“ShO`RTAN” – “XORAZM” – 5:1 (1:0).

7 aprel.G`uzor shahri. “G`uzor” stadioni. 1251 tomoshabin.

Hakamlar: Jasur Muxtorov (Toshkent), Shavkat Raxmatov (Buxoro), Akmal G`iyosov (Buxoro).

 

Sho`rtan”: Alibek Turobov, Muhammadjon Aliqulov, Jamol Otaqulov, Xolmurod Xolmurodov (Jonibek Mirzaqulov, 81), Olimjon Karimov, Jasur Xolto`raev (Kenja To`raev, 59), G`ulom Rahmonov (Ma`ruf Murodov, 36),  Muhammadali Abdurahmonov (Og`abek Erkinov, 87), Islom Boysariev (Nurbek Yo`ldoshev, 76), Otabek Narzullaev, Obid Jo`raboev.

“Xorazm”: G`ayrat O`daev, Mirzajon Sa`dullaev (Xabiyuullo Matyoqubov, 90+2), Ravshan Sultonov, Erbol Seytnazarov, Temur Masharipov, Farruh Haydarov (Sardor Matmurotov, 74), Temur Ismoilov (Qadamboy Nurmetov, 72), Sarvar Jumaniyozov (Temur Bekchanov, 46), Oybek Nurboev (Siroj Ro`zmetov, 68), Muhammadqodir Rahimberganov, Mirjalol Qurbonov.  

 

Gollar: Ma`ruf Murodov (44), I.Boysariev (70, 71), O.Jo`raboev (75), M.Abdurahmonov (81) – T.Bekchonov (52).

Ogohlantirishlar: M.Aliqulov (35), J.Mirzaqulov (89) – O.Nurboev (33).

 

Nazoratchi – Ibrohim Sharipov (Buxoro).

Komissar – Alisher Fayziev.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb