Superliga 5-tur doirasidagi so`nggi ikki o`yin o`tkazildi. E`tiborli jihati, har ikkalasida ham g`olib-u mag`lublar aniqlanmadi. Qaysidir ma`noda mezbonlarning o`z maydonida, necha minglab muxlislari qarshisida raqiblariga ochko ulashishi mag`lubiyatga mosdek tuyulishi mumkin. Ammo yangilangan tartibda o`ta boshlagan Superligada aynan shunday natijalar qayd etilishi ko`zlangan maqsadlardan darak berayotgandek.
To`g`ri, “Lokomotiv” – “Qo`qon-1912” jamoalari o`rtasidagi bahs ancha asabiy tarzda o`tdi, Bir tomondan hakamlarning bilib-bilmay qo`pol xatolarga yo`l qo`yishi, ikkinchi tomondan futbolchilarning o`zaro janjallashlari, bularning bari endi yo`lini topib borayotgan chempionatimizga dog` tushirishi hech gap emas. Shundan kelib chiqib, O`FA Tartib intizom qo`mitsai shoshilinch yig`ilish tashkil etdi va aybdorlarni jazoladi. Toki bu qarorlar boshqalarga ta`sir etsin...
“LOKOMOTIV” – “QO`QON-1912” - 1:1
7 aprel 2018. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 3123 tomoshabin.
Hakamlar: Valentin Kovalenko (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Akbar Po`latov (Toshkent).
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Nivaldo, Sadriddin Abdullaev (Sardor Rashidov, 32, Husniddin G`ofurov, 85), Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Igor Yelich.
"Qo`qon-1912": O`tkir Yusupov, G`iyos Komilov, Javohir Siddiqov, Oybek Rustamov (Suhrob Berdiev, 57), Quvondiq Ro`ziev, Bahodir Pardaev (Nosirbek Otaqo`ziev, 65), Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich, Marko Milich, Muhammadanas Hasanov (95.Milan Spremo, 61).
Gollar: M.Xolmuhammedov (8), A.Merzlyakov (17-o`z darv.).
Ogohlantirishlar: O.Zoteev (35) – Q.Ro`ziev (16), M.Milich (26), M.Hasanov (35), N.Otaqo`ziev (66).
Chetlatish: Nivaldo (89).
Nazoratchi – Aleksandr Popov (Toshkent).
Komissar – Baxtiyor Mametov.
“NAVBAHOR” – “NASAF” - 0:0
7 aprel. Namangan shahri. "Markaziy" stadioni. 15540 tomoshabin.
Hakamlar: Vladislav Tseytlin (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent).
“Navbahor”: Botirali Ergashev, Oston O`runov (Dilshod Jabborov, 55), Ayubxon No``monov (Zohir Pirimov, 69), Azizbek Turg`unboev, Nenad Inats (Azamat Allaniyozov, 46), Mirzohid G`ofurov, A`zamjon Aliev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Timoslav Payovich, Darko Stanoevich.
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduxoliqov (Doniyor Narzullaev, 77), Islom Kenjaboev (Jasur Hasanov, 64), Igor Golban, Islom Rashidxonov (Bobur Davlatov, 84), Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Dragan Cheran, Umarbek Eshmurodov.
Nazoratchi – Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
Komissar – Baxtiyor Namozov.