Tartib intizom qo`mitasi Nivaldo va Mirzaevni ham jazoladi

“Lokomotiv” - “Qo`qon-1912” o`yini yuzasidan O`FA Tartib intizom qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda uchrashuv komissarining bildirgisi, o`yin qayd etilgan videoyozuv ko`rib chiqildi. O`yinda “Lokomotiv” futbolchilari Nivaldo  hamda Sardor Mirzaevning hatti- harakatlari o`rganib chiqildi va qaror qabul qildi. Bunga ko`ra, ”Lokomotiv” o`yinchisi Nivaldoga nisbatan  Intizom kodeksining 5, 45 bandining “m” qismiga binoan  5 o`yinga diskvalifikatsiya qilish hamda 25 million so`m miqdorida jarima intizom chorasi qo`llanildi. “Lokomotiv” o`yinchisi Sardor Mirzaevga nisbatan  esa Intizom kodeksining 5.56 bandiga muvofiq 10 million so`m miqdorida jarima intizom chorasi qo`llanildi.

 

Shuni qayd etish joizki, keskin qaror qabul qilishdan ko`zlangan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat ko`rish emas, balki futbolning tomoshabopligini oshirish, muxlislarning stadionlarga tashrifi davomida futbolchi yohud murabbiylarning noxulqiy xatti-harakatlarini tomosha qilish emas, balki chinakam futbol spektakliga guvoh bo`lib, madaniy dam olishlarini ta`minlashdan iborat. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb