Superliga 5-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” - “Qo`qon-1912” uchrashuvida bosh hakamga yordam bergan Akbar Po`latov qo`pol xatoga yo`l qo`ygani uchun jazolanishi haqida xabar berib o`tgandik.
O`yindan keyin O`FA Hakamlar qo`mitasi uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Valentin Kovalenkoning ham xatti-harakatlarini o`rganib chiqdi. Xulosaga ko`ra, “Lokomotiv” - “Qo`qon-1912” uchrashuvi bosh hakami o`yinga jiddiy tayyorgarlik ko`rmagani, natijada bir qator vaziyatlarda, jumladan, 17-daqiqada “Lokomotiv” a`zosi Marat Bikmaev gol kiritgan vaziyatda o`yindan tashqari holatni aniqlashda va ikkinchi bo`limda “Qo`qon-1912” darvozasiga penaltini belgilashda xatoga yo`l qo`ygani qayd etildi.
Valentin Kovalenko ham endilikda ma`lum muddat Superliga o`yinlariga qo`yilmaydi.