“Lokomotiv” — “Qo`qon-1912” uchrashuvi hakami jazolanadi

 

 

Superliga 5-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” - “Qo`qon-1912” uchrashuvida bosh hakamga yordam bergan Akbar Po`latov qo`pol xatoga yo`l qo`ygani uchun jazolanadi.

 

Valentin Kovalenko boshqarib borgan bellashuvning 17-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchilari hisobni tenglashtirishga erishdi. Takroriy lavhalar gol o`yindan tashqari holatdan kiritilganini ko`rsatdi.

 

O`sha vaziyatda qanot hakami Akbar Po`latov so`nggi himoyachi bilan bir chiziqda turishi va Marat Bikmaevning o`yindan tashqari holatda ekanini aniqlab, bayroqchasini ko`tarishi kerak edi. Biroq laynsmen bu vaziyatni e`tibordan chetda qoldirdi. Oqibatda uning xatosi o`yin natijasiga o`z ta`sirini ko`rsatdi.

 

 

“Lokomotiv” - “Qo`qon-1912” uchrashuvi nazoratchisining bildirgisiga asosan Akbar Quvvatov 4 ballga (2 baho) loyiq ko`rildi. Endilikda u Superliga o`yinlariga qo`yilmaydi. Jazo muddati qancha vaqt davom etishini O`FF Hakamlar qo`mitasi hal qiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb