Superliga klublari direktorlari “Everton” akademiyasida ish o`rganishdi

O`zbekiston Superligasi klublari direktorlari malaka oshirish uchun Angliyaga uchib ketishgani to`g`risida xabar berilgan edi. Bugun klublar direktorlari Angliya Premer-Ligasi vakili “Everton” klubi akademiyasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif davomida Superliga klublari direktorlari klub infratuzilmasi, menejmenti, akademiyasi faoliyati, marketing, klub tizimi va skauting kabi masalalarda ish o`rganishdi.

Ta`kidlash lozim, klub direktorlarini “Everton” klubi direktori Stiv Uolsh kutib oldi va mehmonlarga tashrif davomida malaka oshirishlari uchun sharoit yaratib berdi. Shuningdek, direktorlarga bir qancha vaqt davomida Angliyaning “Lester” klubiga murabbiylik qilgan Kreyg Shekspir klub qanday tarzda mashg`ulot olib borishi, mashg`ulotlar jarayoni haqida so`zladi. Tashrif davomida, klub infratuzilmasi, akademiyasi faoliyati ham o`rganildi.

Superliga klublari direktorlari, shuningdek, klub mashg`ulotlar maydoniga tashrifi chog`ida, klub futbolchilari bilan ko`rishib, ularning mashg`ulotlar jarayonini kuzatib borishdi. Mashg`ulotlar paytida “Everton” klubi futbolchilari, Fil Yagielka, Tom Devis, Teo Uollkot hamda Lleyton Beyns kabi futbolchilar o`zbekistonlik mehmonlar bilan mashg`ulotlar jarayoni borasida suhbatlashishdi. Ta`kidlash lozim, Superliga klublari direktorlari uchun ushbu uchrashuv yuqori saviyada tashkil etildi va ikki tomon kelgusida ham bu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bo`yicha o`zaro kelishuvga erishdi. Ma`lumot uchun, O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamda Angliya Futbol Assotsiatsiyasining o`zaro hamkorlik kelishuviga ko`ra bu kabi uchrashuvlar hamda seminarlar Angliyaning boshqa klublari bilan ham o`tkazilishi rejalashtirilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb