Superliga: Ikkita o`yin, ikklasida ham mehmonlar g`olib

 

 

Superliga doirasidagi 5-turni “Neftchi” – AGMK jamoasi boshlab berdi. Farg`onada olmaliqliklarni qabul qilgan maydon egalari bu gal ham maydonni mag`lub holda tark etishdi. Eng muhimi, Bahrom Haydarov shogirdlari nihoyat, 5-turga kelibgina raqiblar darvozasini ishg`ol eta oldilar. Bungacha, o`tkazilgan to`rtta turda ham “Neftchi”ning gollar urishi bo`yicha omadi kelmayotgandi.

 

Navoiydagi o`yin keskinligi, futbolchilarning g`alabaga bo`lgan ishtiyoqi bilan ham qiziqarli kechdi. O`yinning so`nggi daqiqalariga qadar ham maydonda teng kurashlar kuzatildi. Faqat uchrashuv tugashiga 4-5 daqiqa qolganida Javlon Ibrohimov jamoadoshlarini quvontiruvchi golga mualliflik qildi. Mezbonlar xarchand urinishmasin, boshqasiga vaqt kamlik qildi...

 

5-tur

 

 “NEFTChI” – AGMK - 1:3 (0:0)

5 aprel. Farg`ona shahri. "Istiqlol" stadioni. 11121 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).

“Neftchi”: Vitaliy Mirniy, Shukurali Po`latov, Jalil Kimsanov, Abdul Aziz Yusupov (Abbosbek Maxstaliev, 60), Anvar Berdiev (Otabek Ahmadjonov, 80), Husniddin G`ofurov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Davron Mamatov (Avazbek O`lmasaliev, 59), Avaz Agaliev, Doston Tursunov.

 

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Muzaffar Muzaffarov (Dilshod Jo`raev, 81), Zafar Polvonov (Vadim Chemirtan, 30), Shoxnazar Norbekov (Abdumalik Abdullaev, 86), Lutfulla To`raev, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov.

 

Gollar: J.Kimsanov (79) – L.To`raev (49), V.Chemirtan (63), Y.Jokich (90+2- pen.).

Ogohlantirishlar: H.G`ofurov (33) – V.Kasminin (38), V.Chemirtan (57), A.Xojiakbarov (68).

 

Nazoratchi – Artur Arutyunov (Toshkent).

Komissar – Aleksey Frolov.

 

 “QIZILQUM” – “BUNYoDKOR” - 0:1 (0:0).

5 aprel. Navoiy shahri. "Yoshlar" sport majmuasi. 11253 tomoshabin.

Hakamlar: Viktor Serazitdinov (Toshkent), Andrey Tsapenko (Toshkent vil.), Timur Gaynullin (Toshkent).

 

“Qizilqum”: Erkin Jabborov, Nodirxon Kamolov, Doniyor Usmonov, Fayzulla Qambarov, Alisher Yusupov (Samandar Shodmonov, 46), Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Elguja Grigalashvili (Akmal Rustamov, 659, Mirjalol Qosimov, Andrey Sidorov (Nemanya Yovanovich, 86).

 

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov (Sanjar Qodirqulov, 88), Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 55), Filip Raevats (Shahzodbek Nurmatov, 65).

 

Gol: J.Ibrohimov (84).

Ogohlantirishlar: Sh.Jo`raev (40) – M.Sulaymonov (23), M.Qosimov (49), J.Ibrohimov (90+2).

 

Nazoratchi – Arslon Xotamov (Toshkent).

Komissar – Roman Chernikov.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb