Normativlarni topshirolmagan Pro-liga klublari futbolchilari musobaqaga qo`yilmaydi

 

 

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan Superliga hamda Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o`tgandik.

 

Shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o`zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo`lib, futbolchilarning jismoniy holati O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbariyati tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda.

 

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilaridan test-sinovlari qabul qilingandi. Endilikda Pro-liga klublari futbolchilari ham normativlarni topshirishdi. Normativlar O`FA Ilmiy-metodik bo`limi mutaxassislari tomonidan zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida futbolchilardan qabul qilindi.

 

Qayd etish joizki, Pro-ligada ishtirok etadigan klublar tarkibidagi ba`zi futbolchilar test-sinovlaridan o`ta olishmadi.

 

Jumladan:

“Orol” – 4 nafar

“G`ijduvon” – 2 nafar

“Istiqlol” – 1 nafar

“Xorazm” – 2 nafar

“Sherdor” – 6 nafar

“Yozyovon” – 1 nafar

“Iftixor” – 2 nafar

“Labsa” – 3 nafar

“Lokomotiv BFK” – 2 nafar

“Nurafshon” – 4 nafar

“Sho`rtan” – 1 nafar

“Zomin” – 5 nafar

“Xotira-79” – 5 nafar

 

 

Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilar vaqtinchalik Pro-liga bahslariga qo`yilmaydi. Pro-liganing 3-turidan keyin ulardan qaytadan test-sinovlari olinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb