O`zbekiston Kubogi 1/32 final: “Sherdor” penaltilar seriyasida “Labsa”ni mag`lub etdi

 

Bugun O`zbekiston Kubogi 1/32 final doirasida yana bir uchrashuv bo`lib o`tdi. O`z maydonida Buxoroning “Labsa” klubini qabul qilgan “Sherdor” juda qiyin kechgan uchrashuvda o`z raqibini penaltilar seriyasida 7:6 hisobida mag`lub etdi va keyingi bosqichga yo`llanma oldi.

Uchrashuv juda keskin va qiziqarli tarzda kechdi. Dastlabki daqiqadayoq mehmonlar “Sherdor” darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olishmadi. Ammo, oradan biroz o`tgach, hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi taymning 79-daqiqasida mezbonlar raqib darvozasiga gol kiritib, hisobni tenglashtirishdi. O`yinning asosiy vaqtida hisob boshqa o`zgarmadi – 1:1.

Qo`shib berilgan ikki taymda ham hisob o`zgarmadi va jamoalar g`olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashdi. Juda qiziqarli kechgan penaltilar seriyasida esa, “Sherdor” raqibiga qaraganda omadliroq harakat qildi va 7:6 hisobida g`alabaga erishdi.

O`zbekiston Kubogi, 1/32 final.

“Sherdor” (Samarqand) – “Labsa” (Buxoro) – 1:1 (qo`sh. vaqt 0:0, pen.seriyasi – 7:6) – 314 tomoshabin

Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi), Sh. Fayziev, Sh. Yuldashev, S. Holiqov.

Nazoratchi: Sh. Jumaev (Shahrisabz).

Gollar: S. Ahmedov (79) – F. Muinov (4).

Amalga oshirilmagan penalti: F. Asadov (1, "Labsa")

Ogohlantirishlar: N. Hasanov (44) – A. Mamatov (41), S. Boymamatov (80)

“Sherdor”: Shuhrat Murodov, Farzin Muxtorov, Sherbek Shukurov, Orzumurod Ahmedov, Furqat Rahmonov, Mirmuhsin Yusupov, Asomiddin Mamatov, Behzod Ro`zmatov, Sanjar Ahmedov, Saddam Boymamatov, Nurbek Olmasov.

“Labsa”: Shahzod Shamsiddinov, Narimon Hasanov, Shahzod Ishmatov, Saidjon Ashurov, Komil Samiev, Ahadjon Qahhorov, Feruz Muinov, Nozimjon Ashurov, Firdavs Asadov, Sanjar Holiqov, Oybek Boboev.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb