
O`zbekiston Kubogi ushbu mavsumiga start berildi.
Ushbu mavsumda Pro-Ligada ishtirokini boshlagan ikki klub – "Nurafshon" hamda "Iftixor" klublari 1/32 final doirasida o`zaro uchrashuvda maydonga tushishdi. Dastlab, mezbonlar uchrashuvning birinchi taymida hisobda oldinga chiqib olishgan bo`lsa ham, ikkinchi taymda Iftixor futbolchilari ketma-ket uchta to`p kiritib, yakunda 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi.
Shu tariqa, Iftixor 1/16 finalga yo`llanma oldi va ushbu bosqichda Farg`onaning Yozyovon klubiga qarshi maydonga tushadi.
O`zbekiston Kubogi
1/32 final
“Nurafshon” - “Iftixor” – 1:3.
Hakamlar: O. Tolibjonov, S. Eremeev, N. Afinogenov, D. Jalimov.
Nazoratchi: A. Abdullaev
Gollar: F. Shotursunov (11) – O. Muxitdinov (54), A. Xolmatov (69,87)