Superliga: Qo`qonda chinakam bayram, Olmaliqda ham...

 

 

Markaziy “Paxtakor” stadionidagi o`yin bilan 4-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi. So`nggi kungi o`yinlarda mezbonlar raqiblarini dog`da qoldira olishdi. Ayniqsa, uch tur yakuniga ko`ra g`alaba qozona olmay kelayotgan AGMK o`z maydonida amaldagi chempionni engishning uddasidan chiqdi. Qo`qonda esa muxlislar chinakam vodiy derbisini kuzatishdi. Yangi mavsumning butkul ta`mirdan chiqqan stadionda qarshi olgan qo`qonliklar uchun bugun qo`shaloq bayram bo`ldi – ham mavsum ochilishi, ham o`zbek futboliga tamal toshi qo`yilganining 105 yilligiga hamohang kuchli raqib ustidan g`alaba.    

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti va O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Qo`qon shahrida mavsumning ochilish marosimida ishtirok etdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Kechki soat 20.00da boshlangan “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari o`yini esa muxlislarning keng ma`noda muxlislarning madaniy dam olishiga xizmat qildi...

 

+AGMK – “Lokomotiv” - 1:0 (1:0).

31 mart. Olmaliq shahri.  AGMK stadioni. 8430 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo`ja Shukrullaev (Toshkent), Sardor Hakimov (Samarqand), Sherzod Qamarov (Samarqand).

 

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Hojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Shohnazar Norbekov (Abdumalik Abdullaev, 85), Lutfulla To`raev (Dilshod Jo`raev, 74), Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, G`ulom Haydar G`ulomov, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Vadim Chemirtan (Zafar Polvonov, 70).

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Nivaldo (Azizbek Omonov, 81), Sadriddin Abdullaev, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev (Sardor Rashidov, 88), Husniddin G`ofurov (Diyorjon Turopov, 64), Islom To`xtaxo`jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev.

 

Gol: V.Bubanya (5).

Ogohlantirishlar: X.Muxtorov (26), G`.G`ulomov (55), Sh.Norbekov (62), A.Xojiakbarov (90+4) – I.To`xtaxo`jaev (54), M.Bikmaev (80).

Chetlatish: I.Aliboev (90+4).

 

Nazoratchi – F.Abdullaev (Toshkent).

Komissar – L.Qo`chqorov

 

 

 

“Qo`qon-1912” – “Navbahor” - 1:0 (0:0).

31 mart. Qo`qon shahri. "Markaziy" stadioni. 12278 tomoshabin

Hakamlar: Hasan Ro`ziev (Toshkent), Olim Abduvosilov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent).

 

 “Qo`qon-1912”: O`tkir Yusupov, G`iyosjon Komilov, Jamshid Hasanov (Muhammadanas Hasanov, 46), Javohir Siddiqov, Suhrob Berdiev (Nosirbek Otaqo`ziev, 73), Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Igor Taran (Quvondiq Ro`ziev, 46), Darko Gojkovich, Marko Milich, Milan Spremo.

  “Navbahor”: Botirali Ergashev, Oston O`runov (Azamat Allaniyozov, 81), Dilshod Jabborov, Aziz Turg`unboev, Nenad Inats (Ayubxon No``monov, 72),  Mirzohid G`ofurov, A`zam Aliev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov (Sardor Sulaymonov, 79), Tomislav Payovich, Darko Stanoevich.

 

Gol: T.Payovich (76-o`z darv.).

Ogohlantirishlar: G`.Komilov (90+2) – J.Mehmonov (54), D.Hoshimov (86).

 

Nazoratchi – R.Aytekov (Toshkent).

Komissar - M. Saidqosimov

 

 

“Paxtakor” – “Neftchi” - 3:0  (2:0).

31 mart. Toshkent shahri. "Paxtakor" Markaziy stadioni. 15023 tomoshabin.

Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Radik Serazetdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent).

 

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov (Farruh Sayfiev, 66), Kamoliddin Tojiev, Azim Ahmedov (Dilshod Rahmatullaev, 83), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh Jasur Yaxshiboev, Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra (Jamshid Iskanderov, 86), Rostin Griffits.

“Neftchi”: Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov (Jalil Kimsanov, 46), Sunnatilla Ermatov (Elyor Mamasoliev, 76), Otabek Ahmadjonov (Abdurahmon Abdulhaqov, 54), Abbosbek Maxstaliev, Abdulaziz Yusupov, Husniddin G`ofurov, Abdujamol Isroilov, Davron Mamatov, Avaz Agaliev, Doston Tursunov.

 

Gollar: M.Simich (46), J.Masharipov (64) – A.Isroilov (45-o`z darv.).

Ogohlantirishlar: A.Shorahmedov (21), J.Yaxshiboev (89) – D.Tursunov (19).

 

 

Nazoratchi - K. Smirnov (Qarshi).

Komissar - R. Chernikov.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb