Mazkur turda tomoshabinni jalb etish bo`yicha poytaxt stadinlari etakchi bo`lishdi. Hozirgina nihoyasiga etgan “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvga 15100 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Biroq bu son ham “paxtakorchi”larning bu borada etakchi bo`lishiga biroz kamlik qildi. Sababi, kecha bo`lib o`tgan “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalari o`rtasidagi o`yinni 15421 nafar ishqiboz bevosita stadionning o`zida tomosha qilgandi.
Poytaxt stadionlari uchun bu kabi ko`rsatkich anchadan buyon qayd etilmayotgan edi. Shu nuqtai nazardan ham poytaxt jamoalari o`yinlariga qiziqish turma-tur oshib borayottganligini e`tirof etish lozim.
Mazkur turda stadionlarga jami 74909 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.