Superliga: Bugun 4-turning uchta o`yini o`tkaziladi

 

 

Yana sanoqli daqiqalardan so`ng 4-tur doirasidan o`rin olgan uch uchrashuvning ikkitasi boshlanadi. Olmaliqning AGMK jamoasi o`z maydonida “Lokomotiv” klubini qabul qilsa, “Qo`qon-1912” Qo`qonda “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turning so`nggi o`yini esa 20:00da boshlanadi, unda muxlislar “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari bahsiga guvoh bo`lishadi.

Har uchala o`yin ham printsipial,qiziqarli va shiddatli kechishi kutilmoqda. AGMK to`rt turgacha atiga bir ochko jamg`argan, demak ular uchun g`alaba juda muhim. Amaldagi chempion, joriy yilda ham bosh svorinni maqsad qilgan “Lokomotiv”ning ahvoli ham maqtagudek emas, “temiryo`lchilar” uch o`yinda uch xil natija ko`rsatgan holda, o`rta qatorda bormoqda.

Ayniqsa, Qo`qondagi uchrashuv ko`pqirrali ahamiyatga ega. Birinchidan, vodiy derbisi, har ikkalasi ham yutuqning qadrini bilishadi. “Navbahor” ustunlikka erishgan holda “Nasaf”ning duranggidan foydalanib kamida ikkinchi pog`onaga, balki birinchiga ham ko`atrilib olish imkoniyatiga bor. Qo`qonda esa katta futbol bayrami – bugun ko`xna shahardagi markaziy stadionning yangi mavsumga ochilish marosimi. Turgan gapki, bayram kayfiyati g`alaba bilan uyg`unlashadi.

“Paxtakor” va “Neftchi” jamoalarining o`zaro bahsi ham muxlislarga chinakam futbol kayfiyatini taqdim etishi kutilyapti.

 

31 mart.

AGMK – “Lokomotiv”

Olmaliq shahri. Soat 18:00.

Hakamlar: A.Shukrullaev (Toshkent), S.Hakimov (Samarqand), Sh.Qamarov (Samarqand), G`.Jo`raev (Namangan).

Nazoratchi – F.Abdullaev (Toshkent).

Komissar – L.Qo`chqorov (Toshkent).

 

“Qo`qon-1912” – “Navbahor”

Qo`qon shahri. Soat 18:00

Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)

Nazoratchi - R.Aytekov (Toshkent)

Komissar - M. Saidqosimov

 

 

 “Paxtakor” – “Neftchi”

Toshkent shahri. Soat 20:00

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Suyunov (Guliston)

Nazoratchi - K. Smirnov (Qarshi)

Komissar - R. Chernikov

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb