Superliga: “Nasaf” o`z maydonida ochko yo`qotdi, “Bunyodkor”ga esa 15 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi

 

Bugun Superliganing 4-turidan o`rin olgan ikkita o`yin bo`lib o`tdi – “Bunyodkor” o`z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Mazkur uchrashuvni kuzatish uchun stadionga 15 mingdan ziyod tomoshabin tashrif buyurdi.

“Bunyodkor” mart oyidagi uy uchrashuvlarida 50 mingga yaqin muxlis yig`di va bu borada hozircha bir oy muddat ichida eng ko`p muxlis yig`ish bo`yicha peshqadam bo`lib turibdi.

Ikkinchi o`yinda “Nasaf”  o`z uyida ochko yo`qotdi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlari buxoroliklar bilan kechgan o`yinning birinchi bo`limida oldinda borishayotgan edi, biroq ikkinchi bo`limning yarimlarida mehmonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`lishdi. Shu hisob uchrashuv oxirigacha o`zgarmadi...

 

“Bunyodkor” – “Buxoro” - 3:1 (1:1).

30 mart.4-tur. Toshkent shahri. "Bunyodkor" stadioni. 15421 tomoshabin

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir  Saidov (Toshkent).

 

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Raevats, 64), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo`jaev (Davronbek Umirov, 78), Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov, Mirjamol Qosimov (Islomjon Qobilov, 88).

"Buxoro": Asilbek Amonov, Bobur Omonov, Marko Klisura, Arslanmurot Omonov, Salamat Qutiboev, Nozim Umurov (Robbimjon Hasanov, 46), Shavkat Salomov, San`at Shixov, Bahodir Nasimov (Shahboz Erkinov, 70), Artyom Filiposyan, Aziz Ibragimov (Rahmatullo  Berdimurodov, 46).

 

Gollar:  J.Ibrohimov (44), X.G`iyosov (72), Filip Raevats (90+2) - Marko Klisura (37).

Ogohlantirishlar: A.Komilov (39), S.Sobirxo`jaev (59), X.G`iyosov (80) -  N.Umurov (5), A.Filiposyan (28).

 

Nazoratchi - Sardor  Najafaliev (Toshkent).

Komissar - Aleksey Frolov.

 

 

 “Nasaf” – “Metallurg” - 1:1 (1:0)

30 mart. 4-tur. Qarshi shahri. "Markaziy" stadioni. 14300 tomoshabin.

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Mo`minjon Majidov (Namangan), Rasuljon Fozilov (Namangan).

 

 “Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov (Sharof Muhitdinov, 73), Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov (Bobir Davlatov, 81), Islom Kenjaboev, Igor Golban, Islom Rashidxonov, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov (Bobir Abduxoliqov, 67), Umarbek Eshmurodov.

“Metallurg”: Zafar Safoev, Abbosjon Otaxonov, Suxrob Nurullaev, Shahzod Shaymanov, Islombek Isoqjonov, Zohid Abdullaev (Zabihillo O`rinboev, 53), Jasur Hasanov, Sherzod Fayziev, Akbarjon Ismatillaev, Muhammad Isaev (Javohir Sohibov, 60), Abror Husinov (Dilyorbek Ermatov, 85).

 

Gollar: A.G`aniev (33)  - S.Nurulloev (69).

Ogohlantirishlar: M.Karimov (19), B.Abduxoliqov (84), I.Rashidxonov (89) – Z.Safoev (90+3).

 

Nazoratchi – R.Serazitdinov (Toshkent).

 

Komissar – Sardor Qudratullaev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb