Bugungi uchta o`yin bilan Yoshlar ligasining 4-tur o`yinlariga yakun yasaldi. “Metallurg” jamoasining kechagi kun durangidan so`ng eng yuqori pog`onaga chiqib olganidan bugun hech qanday jamoa foydalana olmadi – bekoboliklar bugungi natijalardan qat`iy nazar peshqadamligini saqlab qolishdi.
4-tur uchrashularida eng ko`p tomoshabin Uchko`prik tumani markazidagi “Markaziy” stadionga tashrif buyurdi. Bu erda “Qo`qon-1912” jamoasi “Navbahor” futbolchilarini qabul qildi. Biroq muxlislar jamoadoshlarining g`alabasiga guvoh bo`la olishmadi, sababi maydon egalari mehmonlarga imkoniyatni boy berib qo`yishdi...
AGMK - "Lokomotiv" - 3:1(3:0).
30 mart. Olmaliq shahri. “Metallurg” stadioni. 302 tomoshabin.
Hakamlar: G`ayrat Jo`raev (Namangan), Husniddin O`rolov (Toshkent vil.), Doniyor Abdug`aniev (Toshkent vil.).
Gollar: Farhod Imomov (1), Shaxboz Umarov (9, 45) – Vladislav Fomin (11).
Amalga oshirilmagan penalti: Jasurbek Umarov (65) – Farruxjon Ibrohimov (79).
Ogohlantirishlar: Dostonbek Berdiqulov (14), Nizomiddin Ziyovuddinov (78, ikkalasi ham AGMKdan).
Nazoratchi – Farhod Abdullaev (Toshkent).
“Qo`qon-1912” – “Navbahor” - 1:2 (0:2).
30 mart. Uchko`prik shahri. “Markaziy” stadion. 412 tomoshabin.
Hakamlar: Davronbek Akmalov (Toshkent), Ravshan Kapadze (Farg`ona), Shohruhbek A`shamov (Farg`ona).
Gollar: Bilolxon Toshmirzaev (23, 42), Yunusbek Abduvohidov (55-o`z darv.).
Ogohlantirish: Oybek Rustamov (50), Saveliy Abramov (72), Dostonbek Meliqo`ziev (81), Ibrohimjon G`ofurov (83), Dilshodjon Baratov (90) – Bilolxon Toshmirzaev (72).
Nazoratchi – Rashid Aytekov (Toshkent).
“Paxtakor” – “Neftchi” - 0:0
30 mart. Qibray shahri. “Qibray” o`yingohi. 57 tomoshabin.
Hakamlar: To`rabek Suyunov (Guliston), Baxtiyorxo`ja Shavkatov (Toshkent), Husan Muzaffarov (Toshkent).
Ogohlantirish: Humoyunmirzo Iminov (43), Jahongir Ahmadov (54) – Shodiyor Xojimatov (6).
Nazoratchi – Konstantin Smirnov (Qarshi).