Superliga 4-turi muxlislar tashrifi bo`yicha oldingilarni ortda qoldirishi mumkin

O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamda Professional Futbol Ligasi tomonidan yurtimizda futbol ommaviyligini yanada oshrish borasida keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Buning samarasi milliy chempionatimiz doirasidagi uchrashuvlarga muxlislar tashrifi ortayotganida namoyon bo`lmoqda. 

 Xususan, kecha Superliganing 4-tur doirasidagi “So`g`diyona” – “Qizilqum” uchrashuvini 9380 nafar ishqiboz bevosita stadionning o`zida tomosha qilgandi. Bugungi uchrashuvlarga ham ko`psonli muxlislar tashrif buyurishdi. Jumladan, "Nasaf" – "Metallurg" qarama-qarshiligini 14 300 nafar muxlis kuzatdi. "Bunyodkor" – "Buxoro" o`yiniga esa 15 421 ishqiboz keldi. Bundan ko`rinib turibdiki, 4-tur o`yinlari muxlis yig`ish borasida oldingilarni ortda qoldirishi mumkin. 

 Ta`kidlash joiz, hozircha O`zbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida eng yaxshisi bo`lib turibdi. Mazkur turdan joy olgan 6 ta uchrashuvni jami 85 209 nafar muxlis kuzatib borgandi. Mavsumdagi ilk turni ko`rish uchun stadionlarga 80 570 ishqiboz tashrif buyurgandi. 2-turda esa tashriflar soni 57 876ni tashkil etildi.

Ta`kidlab o`tamiz, hozircha “Navbahor” - “Lokomotiv” jamoalari ishtirokidagi o`yin eng ko`p muxlis tashrif buyurgan bellashuv bo`lib turibdi. Namangandagi bahsni ko`rish uchun stadionga 25 300 ishqiboz kelgandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb