«Bunyodkor» - «Buxoro» uchrashuvi yozib olingan holda namoyish qilinadi

Bugun Superliganing 4-turidan o`rin olgan uchrashuvda “Bunyodkor” jamoasi o`z maydonida “Buxoro” klubini qabul qilmoqda. “Sport TV” telekanali barcha uchrashuvlar kabi bu o`yinni ham jonli efirga uzatishni rejalashtirgandi.

Ammo “Bunyodkor” stadioni yonida yangi ko`prik qurilishi olib borilayotgani tufayli stadion atrofidagi optik tolali internet kabellarida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli mazkur uchrashuv jonli efirda namoyish qilinmaydigan bo`ldi.

«Bunyodkor» - «Buxoro» o`yini bugun soat 22:50dan boshlab yozib olingan holda “Sport TV” telekanalida namoyish qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb