6 aprel kuni Pro-liga mavsumi ham boshlanadi. 1-tur o`yinlariga hakamlar va nazoratchilar tayinlangan. Mazkur turning “Orol” – “Istiqlol” jamoalari uchrashuvida qanot hakamlikka tayinlangan S.Sattorov (Qarshi) kutilmaganda sog`ligi bilan bog`liq yuzaga kelgan vaziyat tufayli O`zPFLga murojaat etdi.
O`zPFL hakamlar va nazoratchilar bilan ishlash mutaxassislari vaziyatni o`rganib chiqdi va hakamni almashtirishga qaror qildi. Unga ko`ra, S.Sattorov o`rniga qarshilik Elnur Doniyorov tayinlandi.